Xitoy va Rossiya Oyda tadqiqot stansiyasini qurishga kelishishdi

Xitoy va Rossiya Oyda xalqaro tadqiqot stansiyasini birgalikda qurish to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladilar. Bu haqda Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi / СНСА / xabar berdi.

Memorandumga muvofiq, Roskosmos va СНСА loyiha doirasidagi hamkorlikni kengaytiradi, barcha manfaatdor mamlakatlar va xalqaro sheriklar uchun stansiyaga kirish imkoniyatini ochadi, shuningdek, barcha insoniyat manfaatlaridan kelib chiqib, kosmik makonni tinch maqsadlarda o‘rganish va foydalanishni targ‘ib qilish uchun ilmiy almashinuvni kuchaytiradi.

Loyiha doirasida Xitoy va Rossiya xalqaro tadqiqot stansiyasini rejalashtirish, namoyish qilish, loyihalash, ishlab chiqish, amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishda, shuningdek xalqaro kosmik hamjamiyatda loyihani targ‘ib qilish borasida yaqin hamkorlik qiladi.

Stansiya СНСА bayonotidan kelib chiqqan holda Oyning yuzasida yoki Oyning orbitasida ko‘p tarmoqli ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, Oyni o‘rganish va undan foydalanishga qaratilgan tadbirlar, Oydan kuzatuvlar, fundamental ilmiy tajribalar va texnologiyani tekshirishni amalga oshirish uchun mo‘ljallanganligini bilib olish mumkin.