Rossiya: mehnat muhojirlarining muammolari yana bittaga ko‘payishi mumkin

“Vzglyad.ru” internet nashrida “Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning Rossiyaga qaytishiga nima xalaqit beradi?” deb nomlangan materiali eʼlon qilindi. Unda quyidagi muammolar va uni yechimi sifatida takliflar ham berib o‘tilgan qisqartilgan xolatda:

“Markaziy Osiyo mamlakatlarining millionlab aholisi Rossiyaga ishlash uchun kelishni orzu qiladi – va bu yerda, o‘z navbatida, iqtisodiyotning bir qator sohalari ularni qabul qilishni juda xohlaydi. Ham biznes, ham davlat idoralarining barcha saʼy-harakatlariga qaramay, Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar hali ham bizning mamlakatimizga qaytib kela olishmadi. Gap shundaki, parvozlar soni kamaydi.

Bundan tashqari, chiptalar narxi taxminan besh marta ko‘tarildi. Agar pandemiyadan oldin Moskvaga 10-15 ming rublga kelish mumkin bo‘lsa, endi narxlar 40-60 ming rubl atrofida o‘zgardi. Ko‘pchilik bunday xarajatlarni ko‘tara olmaydi. Bir tomondan, charter reyslari bilan mehnat muhojirlarini uyushgan ravishda jalb qilish transport muammolarini hal qilishi va noqonuniy migratsiyani kamaytirishi mumkin edi.

Darhaqiqat, bu holda transport xarajatlarining bir qismi ish beruvchi tomonidan qoplanadi va migrantlarning o‘zi ish bilan taʼminlash kafolatlarini oladi. Biroq, yaqin kelajakda migrantlarning Rossiyaga kirib kelishida yangi to‘siq paydo bo‘ladi – tashrif buyuruvchilar koronavirusga qarshi emlanishlari kerak bo‘ladi.”

P.S. agar mehnat muhojirlari ishlash uchun xorijga ketar ekan maqola muallifi taklif etgandek yo‘l xarajatlarini ish beruvchi tomonidan qoplanishi va xafvsizlikni taʼminlanishi hech bo‘lmaganda bir necha yillar mobaynida guvohi bo‘lganimiz yo‘lda sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealarni kamaytirarmidi.