“Aql” muhojirlari

Yaponiya hukumati mamlakatdagi “aql” egalarini XXRga ko‘chib ketayotganligidan xavotirlanmoqda.

Yaponiya Taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yilda mamlakat byudjetidan ilmiy va texnik maqsadlar uchun 4,3787 trillion iyena ($ 1 = 105 iyen) ajratilgan bo‘lib, bu 2000 yildagi ko‘rsatkichdan kamdir. Maʼlumot uchun, bu maqsadlarga sarflangan mablag‘ 2000 yildagi 3,2925 trillion iyendan 2018 yilda 28 trillion iyenaga o‘sdi va dunyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichga aylanib AQSh bilan tenglashgan edi.

Yaponlar aftidan ilmiy yo‘nalishni moliyalashtirishni istamay qo‘ydilar. Mazkur holat yaponiyalik olimlarning Xitoyda ilmiy loyihalar va universitetlarda ishlash uchun muhojirlikka ketishga zamin yaratdi.

1978 yilda XXR etakchisi Den Syaopin isloh qilish va tashqi dunyoga ochilish siyosatini eʼlon qildi. U xitoyliklarni AQShga o‘qishga yubordi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, ularning aksariyati o‘z vatanlariga, oilalari va ildizlariga qaytishdi.

P.S. (bizda esa bu vaziyatning aksi bo‘ldi “Umid” jamg‘armasi orqali ketgan yoshlarning aksariyati mamlakatga qaytib kelmadilar, kelganlari uchun munosib ish o‘rinlari berilmadi. “Umidchilar” bilan suhbatlashganimizdan bir misol: U Qashqadaryodan bo‘lganligi uchun “Koson” tumanidagi maktabga ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlash taklif qilingan, vaholanki, u AQSHning mashhur universitetlaridan birida davlat byudjetidan 100 ming ($) dollar sarflanib, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi marketing bo‘yicha mutaxassislikka 3-4 yil o‘qib qaytgan… Endi ularni qaytarishga harakatlar olib borilmoqda, balki, hammasi yaxshi bo‘lib ketar)

90 yillarda Samoviy imperiya “hayguy” yoki dengiz toshbaqasi siyosatini boshladi. Ushbu sudralib yuruvchilar qirg‘oqda tuxumdan chiqib, dengizda o‘sib, yana qirg‘oqqa qaytib keladi. Ushbu jarayon “teskari aql oqimi” deb nomlanadi. Ushbu siyosat doirasida Pekin dunyodagi eng yaxshi universitetlarning chet ellik olimlarini XXRda ishlashga jalb qilish uchun “Ming talant” dasturi va boshqa bir qator loyihalarni boshlagan.

2008 yildan 2018 yilgacha, asosan AQSh va Yevropadan bo‘lgan 7 mingdan ziyod xorijiy tadqiqotchilar Xitoyda faoliyat olib bordilar. So‘nggi yillarda Xitoydagi ushbu dastur ishtirokchilari sonini oshkor qilinmagan.

AQSh Adliya vazirligi “Ming talant” dasturini “maxfiy maʼlumotlarni o‘g‘irlaganligi uchun odamlarni mukofotlash” va hatto “eksport nazorati buzilishining bir usuli” sifatida qaray boshladi.

Nima bo‘lishidan qatʼiy nazar, haqiqat shundaki: olimlar Pekinga oshiqmoqdalar.