Telegram Roskomnadzor talabini bajardi

Telegram maʼmuriyati Roskomnadzorning talabiga binoan shaxsiy maʼlumotlarni to‘playdigan 5 ta eng yirik botni blokladi, dedi DLBI maʼlumotlarini tarqatish bo‘yicha razvedka xizmati asoschisi Oganesyan “RIA Novosti”ga.

Bloklangan ro‘yxatdan joy olgan botlar “Глаз Бога”, “Smart Search Bot”, “Архангел”, “Mail Search Bot” va “How To Find Bot” nomlari bilan faoliyat olib borgan.

Telegram, bunday botlarni bloklashni davom ettiradi, chunki Roskomnadzorning daʼvolari ro‘yxatdagi 5 ta nom bilan tugamaydi, dedi Oganesyan.

To‘g‘ri, блокировка qilishning o‘zi bot egalari uchun unchalik katta ahamiyatga ega emas: “Глаз Бога” bloklangan paytdan boshlab uning yangi manzilda qayta ishga tushirilishigacha bir soatdan kam vaqt o‘tgan.

P.S. Roskomnadzorning o‘zi ham bunday yo‘l tutishidan maʼno ko‘rmayotganini ochiq “eʼtirof” etmoqda.