Toqayev koreys talabasiga xat yozdi

Qosim-Jo‘mart Toqayev Janubiy Koreya chet tillar universiteti bitiruvchisi Choi Yong Songga xat yubordi. Unda Qozog‘iston Prezidenti qizning “Turkiston” gazetasiga bergan intervyusidan taʼsirlanganini aytgan, maqolada talaba qiz qozoq tilini o‘rganish taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va koreys-qozoq tili lug‘atining rivojlanishi haqida fikr bildirgan.

«Sizga qozoq tilini yaxshi bilganligingiz va boshqalarga, ayniqsa yoshlarga o‘rnak ko‘rsatayotganligingiz uchun o‘z minnatdorligimni bildiraman. Men sizning qozoqcha-koreyscha lug‘at yaratish bo‘yicha ajoyib tashabbusingiz bilan tanishdim va bu borada taʼlim va fan hamda tashqi ishlar vazirlariga ko‘rsatmalar berdim», – deb yozgan Toqayev.

Qozog‘iston Prezidentining maktubini taqdim etish uchun katta tadbir tashkil etildi unda Qozog‘istonning Janubiy Koreyadagi elchisi va universitet vitse-prezidenti uchrashuvi doirasida talaba qizga prezidentning maktubi yetkazildi.

Toqayevning qozoq tilini targ‘ib qilish bo‘yicha bunday oddiy intervyulardan ham “to‘qinlanib” javob xatlari yozishi mamlakatda yoshlar 80 foizi qozoq tilini muomila istyemolidan chiqarib yuborganligiga yana bir dalolatdir. Qozoq tilini qayta o‘rgatish va qayta muomilaga kiritish katta to‘siq va qiyinchiliklarga uchramoqda. Til aslida bir vosita biroq, buning siyosiy katta xafvlari bor – bu haqda alohida maqolada to‘xtalib o‘tamiz.