Tahlil: 15 yil ichida gaz eng ko‘p talab etiladigan mineralga aylanadi

Ushbu prognozni McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasining hamkori Alessandro Agosta berdi.

Ekspert neftga bo‘lgan talab pandemiya fonida tushib ketganini taʼkidladi. Ammo gaz yana-da barqaror manba bo‘lib chiqdi.

Agostaning taʼkidlashicha, suyultirilgan tabiiy gaz global gaz sanoatida eng tez o‘sib borayotgan talabga ega segment bo‘ladi. Shu bilan birga, “ko‘k yoqilg‘iga” bo‘lgan ehtiyojning 80 foizini quvur orqali qondirish davom etadi.