Japarov va Putin telekonferensiya orqali muloqot qiladi

Bu maʼlumotni @Sputnik_Kyrgyzstan Qirg‘iziston rahbari matbuot kotibi tasdiqladi. (Shu matbuot kotibi rosa faol chiqdi-da Uchqun-too bo‘yicha ham xabarni shu matbuot kotibidan eshitgan edik.)

Chorshanba 17 mart kuni prezidentlar Talas viloyatidagi “Jeruy” oltin konida fabrika ochilishida ishtirok etadi. Japarov bu yerga ishchi tashrif bilan keladi Rossiya rahbari esa onlayn videoaloqa orqali bog‘lanadi. (katta rahbarlar shunday ishtirok etsa ham bo‘laveradi).

Jeruy loyihasi Japarovning fevral oyida Moskvaga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan edi. Bu Qirg‘izistondagi ikkinchi yirik oltin konidir. Uni ishlab chiqish uchun litsenziya Rossiyaning “Russkaya platina” kompaniyalar guruhiga kiruvchi “Altin Alyans” kompaniyasiga tegishli.