Belorusiya muxolifati taktikasi o‘zgarishi mumkin

Muxolifat ko‘p kuch talab etuvchi ommaviy ko‘cha norozilik taktikasidan amaldagi prezident Lukashenko bilan muzokara jarayoni boshlanishiga imkoniyatini muhokama qilmoqda. Muxolifat bu bilan jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan maqomini qonuniylashtirish imkoniga umid bildirgan.

Bu uchun “Golos” platformasi orqali A.Lukashenkoning oppozitsiya bilan muzokaralarni boshlash talablarini qo‘llab-quvvatlash uchun ommaviy ovoz berishni boshlash varianti ko‘rib chiqilmoqda.

S.Tixanovskayaning tarafdorlari muxolifat bilan muloqotga bo‘lgan talablarini bildiradigan 3,5 millionga yaqin fuqaro yordamiga ishonch bildirganlar.

Muzokaralar maydoni sifatida Germaniya varianti ko‘rib chiqilmoqda. Muzokaralarga Yevropa Ittifoqi va Rossiyadan siyosatchilar qo‘shilishi kutilmoqda.

G‘oyaga ko‘ra, bunday ovoz berish natijalari A.Lukashenkoni biroz  qiyinroq vaziyatga yetaklaydi. U muxolifatni qo‘llab-quvvatlayotgan millionlab vatandoshlarning fikrlarini eʼtiborsiz qoldirolmaydi, shu bilan birga muxolifat takliflarini ham qabul qila ham olmaydi.

Belorusiya muxolifati ichidagi fikrlarga ko‘ra, muzokara jarayoni uchun masʼuliyatni S.Tixanovskayaga yuklash kerak. Muxolifat amaldagi Prezidentni lavozimini tark etishi xavfsizligining kafolatlarini muhokama qilishga tayyor.

Muzokaralarning taxminiy mavzulari: hokimiyat tranziti, siyosiy mahbuslar uchun ozodlik va mamlakat kelajagi qiyofasi.

Yangi taktikani muhokamasi muxolifat dasturini inqirozidan dalolat bermoqda. Norozilikni qayta formatlash va jamoatchilik ongiga singdirish, xalqaro hamjamiyatga uchun Belorusiyadagi noroziliklar hamon kuch ekanligini tushuntirish uchun zarur shartdir.

P.S. umuman olganda S.Tixanovskayaning taktikasini birdan bunday tarzda o‘zgarishi Germaniyadagi saylovlarda hukmron partiya tarkibini o‘zgarishi bilan ham bog‘liq Merkel xonim siyosatdan ketishi haqida bir necha bor eʼlon qildi. Buyog‘ini faqat kuzatamiz.