Turkmanistonda yana Internet muammosi

VPN xizmatlarini bloklash faollashtirildi. Bloklangan saytlar ro‘yxati tobora ko‘paymoqda. Ular orasida Zoom vа PayPal ham kiritildi.

VPN xosting xizmatlari bir kun ichida tezda bloklanmoqda.

Respublikada barcha mustaqil ommaviy axborot vositalari va bir qator xorijiy ijtimoiy tarmoqlar bloklangan. Ruxsat etilgan ommaviy axborot vositalarining saytlari kichik o‘zgarishlar bilan davlat axborot agentligining prezidentning ishi va bo‘sh vaqtiga bag‘ishlangan xabarlarni tarqatmoqda.

Progress maʼlumotlariga ko‘ra 2020 yil kuzida Turkmanistonda 26% fuqarolar Internetdan foydalanganlar, solishtirish uchun bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha o‘rtacha 59%. Bu raqamlar nafaqat blokirovka tufayli, balki ko‘pchilik fuqarolarni gadjet sotib olish va Internet uchun pul to‘lashga qodir emasligi bilan ham bog‘liq.

Internetning beqarorligi tufayli mamlakat iqtisodiyoti yiliga 127 million dollar yo‘qotmoqda.

VPN xizmatlarni blokirovka qilish hozirda avtomatlashtirilgan tizimga o‘xshaydi. Ko‘rinishidan Arkadag‘ o‘zining kichik SkyNet-ni barpo etgandek.