Aleksandr Ginsburg tomonidan o‘tkazilgan onlayn brifing tafsilotlari.
Asosiy:
▪️ Dunyoda vaksina yetishmasligi uzoq vaqtga cho‘ziladi.
▪️ “Sputnik V” tez orada Italiyada ishlab chiqarilishi mumkin. Navbatda Germaniya va Fransiya turibti.
▪️ “Sputnik V” vaksinasining 10 milliondan ortiq dozasi allaqachon ishlab chiqarilgan.
▪️ Preparatdan foydalangandan keyin o‘lim holati qayd etilmadi.
▪️Boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinalari Rossiyada chiqarilgan preparatlar singari 18ta parametr bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.
▪️ Preparatning himoya taʼsiri barcha emlanganlarda namoyon bo‘ladi.
▪️ “Sputnik V” kuchli allergiya – angioedema yoki anafilaktik shok paytida tavsiya etilmaydi.
▪️Vaksinatsiyadan so‘ng spirtli ichimliklarni ichish mumkin, biroq chegaralangan miqdorda.
Ginsburg spirtning ruxsat etilgan miqdori to‘g‘risida savolga javob berib, “Men uchun bu bir qadah shampan”, – dedi.