Xalqni ham eshitinglar

Baʼzida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekansiz xalqni qiynab kelayogan biroq, biror bir mutasaddi tan olmayotgan muammolar aniq va faktlar bilan ochib va olib chiqiladiki, hech bo‘lmasa umid beradi balki, mana shu yozilganlardan birortasi tepadagilarga yetib borar degan.

Mana shunday tepadagilarga yetib borishini kutayotgan navbatdagi “messej”.

Yana “aqlli” deyilayotgan tentak hisoblagichlar haqida

Toshkent shahar hokimiyati yil oxirigacha “aqlli” gaz hisoblagichlar barchaga o‘rnatilishi haqida bayonot beripti.

Shaxsan men bu jami qiymati yarim milliard dollarga aylanayotgan chemondandek , noqulay, xavfli va avtomatlashtirishdan aslida yiroq gaz hisoblagichlarni o‘rnatmayman, sizlarni ham shunga chaqiraman, toki Osten brendi ostida Texnopark MCHJda yig‘ilayotgan karrasiga qimmatga tushayotgan hisoblagichlar xonadonlar uchun moslashtirilmaguncha va ixchamlashtirilmaguncha. Toki gaz uchun qarzdorlik avtomat o‘chirilishi  aytilayotgan ekan, to‘lov amalga oshirilgach, gaz yetkazib berish avtomat tiklanishi amalda isbotlanmaguncha.

Bu funksionallar bajarilmas ekan “aqlli” deb hisoblanayotgan gaz hisoblagichlar aslida bir guruh o‘g‘ri va muttahamlarning pul o‘zlashtirish vositasidek bo‘lib qolaveradi.

Bu “aqlli” deyilayotgan hisoblagichlarni avval Artikxojayev va uning shotirlari o‘zining uyiga, ofislariga o‘rnatsin, hukumat aʼzolari o‘zining qasrlariga o‘rnatishsin. Keyin mayli, agar portillab ketmasa, zarar keltirmasa, rostanam avtomat ishlashni boshlasa, qolgan xalqqa o‘rnatishni boshlashsin.

P.S. O‘tgan kuni yuqori martabali sobiq amaldorlardan biri yorilib qoldi, Texnopark MCHJ yig‘ayotgan Osten hisoblagichlari bir tiyinga qimmat ekanini mutaxassislar-u, sohadagi jonkuyarlar hammasi biladi. lekin Davlat rahbariga bu hisoblagichlar go‘yoki olamshumul ekanini aytib bo‘lishgan, milliardlab pullar o‘zlashtirilgan. Ortga qaytisha olmaydi. Yolg‘onchi va muttaham ekanini Prezident oldida tan olisha olmaydi. Shuning uchun bu muttahamlarda bir tiyinga qimmat hisoblagichlarni “aqlli” deb atashni davom ettirishdan, zararli va noqulay bo‘lsada, ularni o‘rnatishda davom ettirishdan boshqa chora yo‘q.

Material Bakirov telegram kanalidan olindi.