Clubhouse mashhur bo‘lgan davlatlar beshligi

Yuklab olish hajmi bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar birinchi o‘rinda turadi, bu yerda dastur 3,2 million marta yuklab olingan. Yaponiyada yuklab olishlar deyarli yarmiga teng – bu yerda Clubhouse 1,8 million marta yuklab olingan. Undan keyingi o‘rinda Germaniya (735 ming), dunyoda 3-o‘rinni va Yevropa mamlakatlari orasida 1-o‘rinni egallab turibdi, to‘rtinchi o‘rin Braziliyada (615 ming) ketmoqda.

Rossiyada Clubhouse 540 ming marta yuklab olingan – mamlakat dunyoda 5-o‘rinni egallab turibdi: App Annie tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, dastur fevral oyining boshlarida alohida mashhurlikka erisha boshladi.