Jahon banki Qirg‘izistonga nisbatan “hukm” chiqardi

Aholining uchdan bir qismi qashshoqlik chegarasidan past ko‘rsatkichda. 6,5 million qirg‘izistonliklarning 2,2 milliondan ortig‘i qashshoqlashmoqda.

Kovidgacha bo‘lgan qashshoqlik darajasi respublika aholisining 20 foizini tashkil etgan edi. Pandemiyadan so‘ng, qashshoqlik chegarasidan past bo‘lgan aholi soni 31 foiz bo‘ldi. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 35 foizgacha o‘sishi mumkin.

Jahon banki, Qirg‘izistonda o‘rta sinf mavjud emas deb hisoblaydi, chunki respublika aholisining 60 foizga yaqini ushbu toifaga kiradi va hattoki, yengil shokka ham moyil bo‘ladi. Umuman olganda biron bir Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘rta sinf mavjud emas.