Turkmanistonning qarzlari

Hatto Prezident Berdimuhammedov buni tan oldi. Barcha Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘yniga og‘ir yuk bo‘lib tushgan milliard dollarlik qarzlar haqidagi xabarlarga odatlanib qolgan. Ayni paytda, Turkmaniston ham tabiiy gazning ulkan zaxiralariga qaramay, qarz nimaligini biladi.

Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Berdimuhamedov garchi  odatda bunday tafsilotlarga ziqna bo‘lsa bu haqda aytib o‘tdi, hatto qarz miqdorini ham oshkor qildi.

“So‘nggi yillarda” yoqilg‘i-energetika majmuasini (YOEM) rivojlantirish uchun 8,8 milliard dollardan ziyod kredit olingan. Ustuvor vazifa sifatida – tabiiy gazni qayta ishlash va qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga daromadlarni ko‘paytirish reja bo‘lgan.

Bu borada hukumatning eng eʼtiborli tashabbusi bu tabiiy gazdan benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish uchun 2019 yilda ochilgan zavod bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Loyiha qiymati 1,7 milliard dollarni tashkil etgan.

Iqtisodiyotning boshqa sohalarida nima gap?

  • Qurilish-sanoat majmuasiga 2,7 milliard dollarga yaqin mablag jalb qilingan.
  • 2018 yilda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Turkmanistonga ichki elektr tarmog‘ini rivojlantirish uchun 500 million dollar ajratdi.
  • Transport-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun 1 milliard dollar jalb qilingan (Qozog‘iston, Turkmaniston va Eron temir yo‘llari bir biriga ulanishi uchun). Shu bilan birga, transport va aloqa ehtiyojlari uchun ajratilgan jami mablag‘ning atigi 67,8% sarflangan, demak, bu pullarning deyarli uchdan bir qismi qarzlarni to‘lash uchun keladigan daromadga aylanmaydi.

Bu pullarni qachon to‘lash kerak?

  • 2021 yilda Turkmaniston 1,35 milliard dollar, 2022 va 2023 yillarda esa 1,1 milliard dollar to‘lashi kerak.
  • 895 million dollar qarz yoqilg‘i-energetika kompleksiga to‘g‘ri keladi. Xitoy Turkmanistonga bu sohada milliardlab qarz berganligi sababli, bu to‘lovlar gaz taʼminoti shaklida amalga oshirilmoqda deb taxmin qilish mumkin. Gaz – bu osonlikcha monetizatsiya qilinadigan tovar.
  • Qishloq xo‘jaligi sohasida esa vaziyat qiyinroq. 608 million dollarlik qarzdorlikning 145 million dollari 2021 yil oxirigacha to‘lanishi kerak.

Va nihoyat! Qarzni to‘lash majburiyati hukumatga emas, balki agrosanoat majmuasi rahbarlariga yuklatiladi💁🏻‍♂️