2021 yil Twitter o‘zining 15 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan sizlarga ushbu ijtimoiy tarmoq haqidagi 11 ta qiziqarli faktni taqdim etamiz.
Fakt 1. Birinchi xabarni Twitter asoschisi Jek Dorsi 2006 yil 21 martda yozgan va “Just setting up my twitter” deb yozilgan edi.
Fakt 2. Xizmatni yaratish g‘oyasi Jek Dorsiga Meksika restoranida kechki ovqat vaqtida zerikib qolgan paytda kelgan. U do‘stlari va hamkasblari guruhi bilan SMS-xabarlar yordamida muloqot qilish imkoniyatini yaratishni o‘ylay boshlagan.
Fakt 3. Birinchi tvit bilan milliardinchi tvit o‘rtasida uch yil, ikki oy va bir kun o‘tdi. Bugungi kunda platformaga har kuni 500 million tvit joylashtiriladi.
Fakt 4. Tvitterda har kuni 2 milliard video tomosha qilinadi.
Fakt 5. Xeshtaglarni Twitter emas, balki uning oddiy foydalanuvchisi – dizayner Kris Messina ixtiro qilgan, u 2007 yil 23 avgustda o‘z akkauntida “# (panjara) ni guruhlar uchun ishlatishga nima deysiz? Masalan, #barcamp?” Bu g‘oya ko‘pchilikka maʼqul keldi va keyinchalik Tvitterdan tashqariga tarqaldi.
Fakt 6. Twitterda aqlli “lenta” yo‘q. Obunachilaringiz sizning barcha xabarlaringizni o‘zlarining lentalarida ko‘rishlari mumkin.
Fakt 7. 2020 yilning birinchi yarmida Twitter 925,700 akkauntni blokladi. Bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 6 foizga ko‘pdir. Taqiqlanishning asosiy sababi obunachilarda nafratni qo‘zg‘atishdir.
Fakt 8. Twitter erotizmni taqiqlamaydi. Shu sababli, farzandingizga u yerda qayd yozuvini yaratishga ruxsat berishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring.
Fakt 9. Bugungi kunda dunyodagi eng ommabop Twitter akkaunti Barak Obamaning tvitteri. 130 million kishi unga obuna bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda Jastin Biber – 114 million. Uchinchidan, bu Ketti Perri – 109 million.
Fakt 10. 2020 yil may oyida Twitter birinchi marta Donald Trampning tvitini yaroqsiz deb topdi: u tvit ostiga undov belgisini qo‘ydi va havola orqali o‘tishga hamda Qo‘shma Shtatlar Prezidentining tvitida yozilgan maʼlumotlarni to‘g‘riligini tekshirishga daʼvat qildi.
Fakt 11. 2020 yil avgustda Twitter hukumatning ommaviy axborot vositalarining akkauntlarini maxsus belgi bilan belgilay boshladi. Mazkur tajriba beshta mamlakatda amal qilmoqda: AQSH, Angliya, Rossiya, Xitoy, Fransiya. Ular ushbu ro‘yxatni kengaytirish rejalashtirmoqda. Ijtimoiy tarmoq odamlar media-akkauntning davlat bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liqligini bilish huquqiga ega ekanligini taʼkidlamoqda.