Bizga qardosh quruvchilar faoliyatidan

“Turkmanоboddagi vayronagarchiliklarga dovul emas, balki o‘tgan yilgi kataklizmdan keyingi sifatsiz taʼmirlash ishlari sabab bo‘lgan”

Gap shundaki, 19 mart kuni soat 16:00dan keyin Turkmanobodda kuchli shamol ko‘tarildi. Shahar va uning atrofidagi qishloqlarning elektr taʼminoti deyarli o‘sha vaqtning o‘zidayoq uzilib qoldi, deb xabar bermoqda internet nashri.

Shamolning tezligi mintaqada bir yil oldin sodir bo‘lgan bo‘rondan ancha past bo‘lishiga qaramay, ko‘plab turar-joy binolari va muassasalarining tomlari uchib ketgan. (huddi bizning yurtimizda bo‘lgani kabi)

“Meteojurnal” veb-saytida qayd etilishicha, shamolning tezligi 18 m/s ga yetgan, shahar aeroportining meteorologik stansiyasi 21 m/s gacha bo‘lgan shamolni qayd etgan. Bu 2020 yil aprel oyiga nisbatan yarim baravar kam bo‘lib, mutaxassislar bu tezlikdagi shamol bo‘ron bo‘lmasligini aytgan.

Turkmanabat aholisi, o‘tgan yilgi bo‘rondan keyin olib borilgan sifatsiz restavratsiya ishlari tufayli tomlar “yirtilib” ketganini aytmoqda. Mamlakat rasmiylari tabiiy ofatni eʼtiborsiz qoldirishgan va buzilgan binolarni shoshilinch ravishda sifatsiz taʼmirlagan.

“Turkmanistonning 10 yilligi” (bizdagi joy nomlari kabi bu yerda ham maʼnoli toponimikadan foydalaniladi) qishlog‘i katta zarar ko‘rdi. Issiqxonalar qulab tushib vayron bo‘lgan, ko‘plab uylarning tomlari uchib ketgan.

Shamol navbatdagi bayram va seminar uchun o‘rnatilgan oq uyni gilami bilan birga uchirib yuborgan.

“Vatan” qishloq xo‘jaligi birlashmasida joylashgan 30-sonli maktab binosining tomi butunlay “yirtilib” ketgan.

Nashr maʼlumotiga ko‘ra, rasmiy va hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi turkman ommaviy axborot vositalari, avvalgi yilgidek, bu haqda xabar bermadilar.

Tabiiy ofat oqibatlari aks etgan fotolar.