Bayden Putinni kiber hujumlar uchun jazolashi kerak

Saymon Tisdallning “The Guardian” uchun tayyorlagan materialini eʼtiboringizga havola etamiz.

Kiberhujumdan qo‘rquv, bu Britaniyaning yadroviy kallaklari zaxirasini bir tomonlama oshirish bo‘yicha o‘ylamagan rejasini tushunish uchun asosiy omil bo‘lsa kerak.

Bu ertami-kechmi sodir bo‘lishi kerak edi. AQSh saylovlariga taʼsir ko‘rsatishga qaratilgan Rossiyaning takroriy kiber hujumlari, xakerliklari, maʼlumotlarni o‘g‘irlashi va dezinformatsiya operatsiyalari AQSh prezidenti Jo Bayden uchun nihoyatda og‘ir taʼsir bo‘lgani isbotlandi. Vashington shuningdek, Suriya va Afg‘onistondan tortib, Ukraina va Bolqongacha bo‘lgan mojaro zonalarida Kremlning zararli kuchlari ishtirok etishiga toqat qilolmaydi.

G‘arb davlatlari ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z xalqiga qarshi urush olib borayotganlikda ayblamoqda: yaqinda sodir bo‘lgan Aleksey Navalniy demokratik harakati tarafdorlarining repressiyalariga qarang. Ko‘pchilik Putin rejimini umidsiz ravishda noto‘g‘riligini biladi. Buyuk Britaniya o‘tgan hafta Rossiyani “dushman davlat” deb atadi. AQSh ham bunga rozi. Savol tug‘iladi, Bayden bu borada qanday yo‘l tutadi?

Bu savollarga yaqin kunlarda aniqroq JAVOB bo‘lishi kutilmoqda. Bayden hali ham o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni davom ettirishga umid qilayotganini aytgan bo‘lsada, o‘tgan hafta diplomatik urush keskin ko‘tarilganidan so‘ng, ikki davlat hukumatlari to‘qnashuv yo‘liga o‘tdilar. Birinchi bo‘lib, Moskvani aybdor deb hisoblashayotgan keng ko‘lamli “Solar Winds” kiberhujumi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari AQSh razvedkasi rasmiylari Putinni 2020 yilgi saylovlarni Donald Tramp foydasiga burish uchun til biriktirganlikda ayblanmoqda.

Aytishlaricha, Bayden Putinning Ukrainadagi Rossiyaga aloqador shaxslar yordamida uning o‘g‘li Xanter Baydenga va bilvosita o‘zini nomini qoralash harakatlariga “yashil chiroq” ko‘rsatganidan norozi bo‘lgan. Ilgariroq bu ayblovlar Tramp tomonidan saylov jarayonlarida ishlatilgan edi.

Boshqacha qilib aytganda, Baydenning Rossiya bilan muammosi juda shaxsiyga aylangan. O‘tgan seshanba kuni nutq so‘zlar ekan, u Putin 2016 va 2020 yillarda o‘tkazilgan jamoatchilik so‘rovnomalariga aralashgani uchun “to‘lov to‘laydi” deb ogohlantirdi. Navalniy zaharlangani va rejim muxoliflariga qilingan boshqa hujumlar to‘g‘risidagi savolga u keskin javob berdi. Uning so‘zlariga qaraganda: Putin “qotil” .

Moskva bu vaziyatga g‘azab bilan munosabat bildirdi va o‘z elchisini zudlik bilan chaqirib oldi. Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Baydenni ikki tomonlama munosabatlarni buzishga urinishda aybladi, Tashqi ishlar vazirligi “ikki tomonlama munosabatlarning yomonlashishi” haqida ogohlantirdi.  Putinning atrofidagilar Amerika tomonidan berilishi qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarga tayyorlanayotganga o‘xshaydi.

Bayden o‘ziga ishonganlarni hafsalasini pir qilmasligi kerak. Ko‘p yillar davomida Putin to‘g‘ri va majoziy maʼnoda qotillik uchun jazodan qutulib qolayotgan edi. Kelajakdagi ochiq to‘qnashuvlar va xavfli o‘zgarishlarning oldini olish uchun samarali jazoni joriy etish muddati allaqachon yetib keldi. Baydenning o‘ziga nisbatan hurmati va jamoatchilikning undan bu vaziyatda qattiq zarba berishni talab qilmoqda.

Ammo, Putin eʼtiborini jalb qilishning eng yaxshi usuli qanday? Qo‘shma Shtatlar 2014 yil Qrimni anneksiya qilganidan keyin Rossiyaga qarshi bir necha sanksiyalarni joriy qildi. O‘tgan chorshanba kuni 2019 yilda Solsberida Sergey Skripalni o‘ldirishga urinishga javoban eksport nazorati kuchaytirildi. Rasmiylarga Navalniyning zaharlanishi va qamoqqa olingani uchun  ham sanksiya eʼlon qilindi. Lekin, bularning hech biri Putinni o‘zini tutishiga taʼsir o‘tkazmadi.

Barak Obama tomonidan 2009 yilda Rossiya bilan muvaffaqiyatsiz “aloqalarni qayta tiklash” tarafdori bo‘lgan Bayden buni yaxshi tushunadi. Ehtimol, u samarali bosim o‘tkazishning yangi usullarini topa olar. Balkim, u qarshi bo‘layotgan ittifoqchilarni qattiqqo‘l bo‘lishga ishontirishga qodirdir. Masalan, o‘tgan hafta Qo‘shma Shtatlar Germaniyadan “Shimoliy Oqim 2” Boltiq gaz quvuri ustida Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatishni talab qildilar. Har qanday holatda ham Bayden qo‘lida taʼsir o‘tkaza oladigan “kuchlar” bor deb hisoblaydi.

Ushbu hafta qo‘shimcha sanksiyalar kutilayotgan bo‘lsada, rasmiylarning taʼkidlashicha, AQShning Putinni jazolashga qaratilgan asosiy urinishlar Rossiya razvedka agentliklari, harbiy kuchlari va hukumat tarmoqlariga qarshi potensial halokatli, yarim yashirin kiber hujumlarni o‘z ichiga oladi.

Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bo‘lajak kiberhujumni ochiqchasiga muhokama qildi.“Menimcha, ruslar uchun tushunarli (taʼsir o‘tkaza oladigan), ammo dunyo hamjamiyati uchun ko‘rinmasligi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar majmui, biz samarali taʼsir qilishga tayyor ekanligimizni aniqlashtirish nuqtai nazaridan eng samarali choralar bo‘lishi mumkin”, dediSallivan.

Ushbu kiber-janglar allaqachon boshlangan bo‘lishi mumkin. Balkim, aynan shunga Rossiya Baydenning so‘zlariga teatrlashtirilgan munosabat bildirmoqda. Ko‘ramiz, bu Putinni yana bir bor o‘ylashga majbur qilarmikan.

Global kiber urush texnologiyasining jadal rivojlanib borayotgan qonunsiz sohalari o‘tgan hafta Buyuk Britaniyaning mudofaa va xavfsizlikni qayta ko‘rib chiqishida asosiy muammo sifatida qayd etildi. Yadro qurolidan farqli o‘laroq, bu yerda cheklovchi qoidalar yoki xalqaro shartnomalar mavjud emas. Shu bilan birga, katta kiberhujum muhim milliy infratuzilmaga atom bombasi singari katta zarar yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar mavjud. Shuningdek, bu hujum tasodifan Buyuk Britaniyadan yadroviy raketa uchirilishini boshlashi mumkin, deyiladi Chatham House 2018 hisobotida.

Kiberkosmosdan qo‘rquv, yadro kallaklari zaxirasini bir tomonlama 40 foizga ko‘paytirish va yadro qurolidan birinchi marta foydalanish Britaniyaning puxta o‘ylanmagan rejasini oqlashi mumkin, lekin bahona bo‘la olmaydi.

Boris Jonson hukumati “yangi texnologiyalar” deganda aynan nimani nazarda tutayotgani noaniq. Ammo aniqki, kiberhujum endi nazariy jihatdan aybdor deb topilganlar tomon  Trident raketasi zarbasini olib kelishi mumkin.

AQSh va Buyuk Britaniyaning yadroviy tiyilish va global qurol nazorati to‘g‘risida gaplashishi mantiqsizlikdir. Ikkisi ham Eron va Shimoliy Koreyaga bomba zarari haqida maʼruza qiladi. Shu bilan birga, qisman kiber kabi yadro tahdidlariga javoban hozir ikkalasi ham yadro qurollarini kengaytirish bilan mashg‘ul. Rossiya, Xitoy va boshqa yadroviy kuchlarga ega davlatlar esa, shubhasiz, buni eʼtibor bilan kuzatishmoqda.

Rossiyaning tinimsiz provokatsiyalari qatʼiy javob zarbasini talab qilmoqda. Ammo, Bayden ommaviy qirg‘in kiberqurollardan qonuniy ravishda foydalanishni kengaytirish orqali global kiber qurollar poygasini kuchaytirmoqda va yadroviy mojaro xavfini oshirmoqda.

Bu esa o‘z navbatida Putinni bo‘ysundirishning samarali usuli bo‘lmasligi mumkin.