Turkmaniston gazi Yevropa uchun eng maqbul tanlov bo‘lishi mumkin ammo…

Yaqinda Turkmaniston va Ozarbayjonda o‘rtasida Kaspiy dengizidagi “Do‘stlik” gaz koni bo‘yicha imzolangan kelishuv Transkaspiy gaz quvurini (TKGQ) barpo etilishi gazni asosan Rossiyadan sotib oluvchi Yevropa uchun muqobil tabiiy gaz manbai sifatida umid bag‘ishlamoqda.

Rossiya Yevropa Ittifoqiga tabiiy gaz yetkazib beruvchi eng yirik taʼminotchi hisoblanadi. O‘tmishda Kremlning tabiiy resurslardan bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalangani ayrim importchilarni asabiylashishga majbur qilgan.

«Xalqaro nizo hal etildi, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi to‘siq olib tashlandi, ammo loyihani amalga oshirish yo‘lida boshqa ko‘plab to‘g‘anoqlar bor».

Rossiya va Eronning qarshiligi

TKGQ muvaffaqiyat qozonishi uchun turkman gaziga Yevropadan yetarlicha talab bo‘lishi va narxlar maqbul bo‘lishi lozim, deyilmoqda

TKGQ yo‘lidagi yana bir to‘siq – loyihaga Eron va Rossiyaning qarshiligidir.

Gaz bozoridagi raqobatdan qo‘rqqan Rossiya va Eron rejimlari turkman gazining TKGQ orqali Ozarbayjon va u orqali janubiy Yevropaga yetkazib berilishiga anchadan beri qarshilik qilib kelmoqda.

O‘z pozitsiyalarini oqlash maqsadida Moskva va Tehron dastlab Kaspiy hududi va resurslarida besh Kaspiybo‘yi mamlakatning hissasini belgilovchi kelishuv yo‘qligini bahona qildi. Ammo, 2018 yil avgust oyida davlatlar rahbarlari Kaspiy dengizining huquqiy maqomi haqidagi konvensiyani imzolaganlaridan keyin, Rossiya va Eron gaz quvuri Kaspiy ekotizimiga putur yetkazadi, deb aytib kelar edi.

“Gazprom”ning suv ostidan Germaniyaga o‘tuvchi «Shimoliy oqim-2» quvurining atrof-muhit uchun zarariga beparvoligi hisobga olinsa, bunday iddaolarning puch ekanligi anglashiladi.

Deutsche Umwelthilfe (Germaniya ekologik harakati) nodavlat tashkilotiga ko‘ra, deyarli tugab qolay degan loyiha ko‘chmanchi qushlarning yashash muhiti va iqlimga xavf solishi maʼlum bo‘lgan.