Vaksinalarning millatchiligi va raqobati

Vaksinalar jangi COVID-19ning kelib chiqishini tekshirishda “zaif” hamkorlikdan tashqari, global emlash jarayonining kechikishi va muvofiqlashtirilmasligiga yordam beradi, dedi Xant Tran, Atlantika Kengashining Geoiqtisodiyot markazining katta xodimi. “Boy davlatlar birinchi navbatda o‘zlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi va boshqa mamlakatlarga vaksina yetkazib beradigan davlatlar esa xalqaro taʼsirini kuchaytirish uchun shunday yo‘l tutadi. Ushbu voqelik dunyoning keyingi pandemiya bilan kurashish qobiliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmaydi”, – deya taʼkidlaydi ekspert.

УБС hisobotiga ko‘ra, hozirgi emlash tezligida 2021 yil oxiriga qadar dunyo aholisining atigi 10% emlanadi va 2022 yilga kelib bu ko‘rsatkich 21 foizga ko‘tariladi. Xalqaro savdo palatasi maʼlumotlariga ko‘ra, vaksinalarning bunday sekin va notekis tarqalishi pandemiyani uzaytiradi va jahon iqtisodiyotiga 9,2 trln. AQSH dollari miqdorida zarar yetkazadi.

«Ko‘pgina mamlakatlarning ichki siyosatidagi populistik bosimlar, shuningdek, yirik davlatlar o‘rtasidagi ishonchsizlik va strategik raqobat shundan dalolat beradiki, kelajakda mamlakatlar hamkorlikka intilmaydi. Bu esa keyingi pandemiya uchun yaxshi natija bermasligi aniq. Dunyo duch keladigan jiddiy xavf boshqa pandemiya sodir bo‘lishida emas, balki u muqarrar ravishda yuzaga kelganda, dunyo xuddi COVID-19ga qanday munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, shunday yo‘l tutadi», – deya xulosa qildi Atlantika Kengashining Geoiqtisodiyot markazi tahlilchisi.