Rossiyada mehnat muhojirlari uchun yangi taqiqlar kiritildi

Rossiyadagi kichik korxonalarga qurilish maydonlariga mehnat muhojirlarini jalb qilish taqiqlandi. (yana taqiqlar)

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirligi maʼlum qildi.

Migrantlar mehnatini jalb qilish uchun qurilish kompaniyasi xodimlari soni 250 kishidan oshishi va daromadi ikki milliard rubldan yuqori bo‘lishi kerak.

Buning sababi koronavirus cheklovlari. Kompaniya muhojirlarni tashishni taʼminlashi, ular uchun ovqatlanish, yashash joyini va barcha sanitariya qoidalariga rioya qilishlarini tashkil qilishi kerak.

Bugun Davlat Dumasi barcha mehnat muhojirlarini barmoq izini olishga va tibbiy ko‘rikdan o‘tishga majbur qiladigan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilganligi xabar berilmoqda.