Tojikiston: Prezident Rahmon g‘oyib bo‘ldi

Tojikistonning amaldagi prezidenti Emomali Rahmonning Flickr sahifasida joylashtirilgan so‘nggi fotosurat 19 martga tegishli, ammo tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ko‘ra u 12 martda olingan, deb taxmin qilinmoqda.

Tojikiston Prezidenti, aftidan, juda uzoq taʼtilga chiqqan ko‘rinadi. Avvallari “Peshvoi millat” Navro‘z bayrami arafasida jamoatchilik oldida faol ko‘rinib turardi.

“Hozir 68 yoshda bo‘lgan va sog‘lom turmush tarziga biroz beetibor bo‘lgan Emomali Rahmon yaqin orada jamoatchilik oldida ko‘rinmasa, tashvishlar yana-da kuchayadi”

Prezident matbuot xizmati tomonidan chop etilgan fotosuratlarga qaraganda, Rahmon oxirgi marta 5 mart kuni odamlar ishtirokida ko‘rinish bergan.

Shundan so‘ng, prezident maʼmuriyatining xabar berishicha, u 10 mart kuni huquqni muhofaza qilish idoralarining yuqori martabali amaldorlari yig‘ilishida ishtirok etgan. “Biroq, ushbu tadbir suratlari boshqa sanaga tegishli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 19 mart kuni efirga uzatilgan Navro‘z tabrigining ancha oldin suratga olinganiga oid baʼzi maʼlumotlar mavjud”,- deyilmoqda internet nashrlarida.

Bularning barchasini sunʼiy tuyulishi shundaki, Rahmon Navro‘zni juda yaxshi ko‘radi. Ushbu bayram yangilanish va tiklanish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, prezident odatda bayram kuni turli muassasalar, fabrikalar, maktablar yoki boshqa obyektlarning ochilish marosimlarini qatnashishni odat qilgan. Bayram odatda minglab odamlar ishtirok etadigan ulkan pirotexnika shoulari bilan yakunlangan.

COVID-19 pandemiyasi boshlangan, hatto 2020 yil ham bundan istisno bo‘lmagan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mart oyi oxirida Tojikiston rasmiylari mamlakatda bironta koronavirus kasalligi qayd etilmaganligini daʼvo qilishgandi. So‘ngra prezident Xo‘janddagi jamoatchilik oldida stadionda so‘zga chiqqib mamlakat aholisini tabriklagandi.

Garchi Tojikiston hukumat yana bir bor COVID-19 ustidan g‘alaba qozonganini eʼlon qilgan bo‘lsada. bu yili Rahmon Navro‘z tantanalarida qatnashmadi,

O‘tgan hafta prezident bayramni qayerda nishonlashi haqidagi savolga Raxmon maʼmuriyati janubdagi Baxtar shahriga mamlakat mustaqilligining 30 yilligini nishonlashga tayyorgarlikni ko‘rib chiqish uchun borishini aytdi. Ammo, Prezident u yerda ko‘rinmadi.

Ayni paytda, Rahmonning o‘g‘li va merosxo‘ri – 33 yoshli Rustam Imomali otasining kundalik vazifalarining bir qismini o‘z zimmasiga olgan. Senat raisi va Dushanbe hokimi lavozimlarini birlashtirgan kichik Emomalining faoliyati davlatga qarashli ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Shuningdek, u chet ellik mehmonlar bilan uchrashdi va rasmiylar uchrashuvlarga rahbarlik qildi. Odatda u bunday tadbirlarda faqat otasiga hamroh bo‘lar edi, ammo bu safar u hamma joyda yolg‘iz o‘zi bo‘ldi.

So‘ngi xabarlarga ko‘ra, Tojikistonda 22 mart kuni COVID-19ga qarshi ommaviy emlashni boshlash to‘g‘risida farmon chiqarildi va mazkur farmoni prezident imzolagan.

Shuningdek, Prezident maʼmuriyati, hafta oxirida Rossiya rasmiylari delegatsiyasi bilan uchrashuv belgilanganligi qayd etgan.

Agar amaldagi Prezident mazkur yig‘ilishda ishtirok etmasa, tahminlar yana-da ko‘payadi.