Yaponiya orollariga uchirilgan raketa “Iskander” bo‘lishi taxmin qilinmoqda

«Shimoliy Koreya Qurolli Kuchlari payshanba kuni KN-23 deb nomlangan ikkita qisqa masofali ballistik raketani uchirdi. Bu Rossiyada “Iskander” nomi bilan mashhur raketaning Shimoliy Koreyadagi nusxasi. Ularni o‘ziga xos past parvoz trayektoriyasi bilan tanib olish mumkin”, – dedi Yu Koidzumi, Yaponiyaning yetakchi harbiy ekspertlaridan biri, Tokio universiteti Ilmiy va texnologik tadqiqotlar markazining katta ilmiy xodimi.

Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari Shtab eksperti: “Ushbu raketalarning eng yuqori uchish nuqtasi 60 km, masofasi esa 450 km to‘g‘ri keladi. Yaponiya tomoni parvoz balandligi to‘g‘risida maʼlumot bermadi, ammo masofa 450 km bo‘lganligi aniqlandi. Shundan kkelib chiqib aytish mumkinki, maʼlumotlar bir biriga mos tushmoqda”.

«Shimoliy Koreya 2019 yildan buyon ushbu turdagi raketalarni uchirib kelmoqda, AQSh prezidenti Donald Trampning oldingi maʼmuriyati bunga qarshilik bildirmagan edi. Shuning uchun, yana uzoq tanaffusdan so‘ng, AQShning reaksiyasini ko‘rish maqsadida, Pxenyan qisqa masofali raketalarni uchirishni boshlashga qaror qilgan», – deya taʼkidladi ekspert.