Nima uchun Tramp o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratmoqda?

Yaqin oylarda AQShning sobiq prezidenti o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushiradi. Uning yordami bilan Donald Tramp Respublikachilar partiyasi ustidan taʼsirini saqlab qolishga va katta siyosatga qaytishga umid qilmoqda – avval 2022 yilgi Kongress saylovlari, keyin 2024 yilgi prezident saylovlari orqali.

Trapm tashabbusi orqali yaratilayotgan ijtimoiy tarmoq to‘g‘risida rus segmentidagi KATTA internet nashrlarida o‘ta pozitiv materiallar berilib borilmoqda jumladan:

·          “Hech kimga sir emaski, Facebook, Twitter va boshqa G‘arb platformalari liberal fundamentalistlar uchun vosita bo‘lib, ularga nafaqat yuz millionlab odamlarning ongi va fikrini boshqarish, balki haqiqatni barpo etish “imkoniyatini” beradi. Yangiliklarning to‘g‘ri tanlanishi, “noto‘g‘ri bayonotlar”ning maʼnosiz taqiqlanishi bularning barchasi “Facebook” foydalanuvchilar ongida dunyo xuddi shu tarzda ko‘rsatilgandek taassurot yaratishga imkon berdi.”

·         “Aslida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar alternativa yo‘qligi sababli Facebook-dan foydalanishda davom etmoqdalar. Ammo agar Tramp ushbu alternativani yaratadigan bo‘lsa, u foydalanuvchilarga qulay va sodda ijtimoiy tarmoqni taklif qila oladigan bo‘lsa, u holda konservativ fikrlaydigan odamlar shunchaki u yerdan chiqib ketishadi va Facebook ongni boshqarish vositasi sifatida qiymati keskin pasayib ketadi.”

·         “Faqat shu sababli, erkin fikrlaydigan odamlar (Tramp bilan shaxsiy munosabatlaridan qatʼiy nazar) unga ijtimoiy tarmoq yaratishda muvaffaqiyat tilashlari kerak.”

Mana shunday Trampning qilayotgan ishini qo‘llab-quvatlovchi fikrlar tizimli aylantirilmoqda. Bunga xayron qolarli joyi yo‘q albatta, Rossiya hukumati va Tramp munosabatlari boshqa bosqichga ko‘tarilganligini guvohi bo‘lib turibmiz xalos!

P.S.Biz esa jamoatchilik ongini va fikrlarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihani paydo bo‘lish va ishlashini kuzatamiz.