Nega investorlar O‘zbekiston va Qozog‘istonni tanlab Qirg‘izistondan voz kechmoqdalar?

Ia-centr.ru tahlil markazi O‘zbekiston va Qozog‘istonning investitsiya salohiyatini taqqosladi va Qozog‘iston makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mintaqada mutlaq yetakchi ekanligini taʼkidladi. Bunda qo‘shnilarimizda aholi jon boshiga YAIM yuqoriligi, shuningdek moʻtadil inflyatsiya va ishsizlikni past ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

O‘zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ustunligi 34 million aholisi va bozorning o‘ta yuqori quvvatidir. Bundan tashqari mamlakatda YAIM va tashqi savdo aylanmasi juda faol o‘sib bormoqda. Ammo, O‘zbekiston iqtisodiyoti garchi u faol rivojlanayotgan bo‘lsa ham, hali ham ancha zaif. Mamlakat yuqori inflyatsiyaga ega (16,5%), milliy qarz doimiy ravishda o‘sib bormoqda, qolaversa ish haqi darajasi past.

Qirg‘iziston bilan taqqoslaganda, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi nisbatan siyosiy barqarorlik investitsiyalarning jozibadorligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda, ammo Toshkent ancha tezlashib bormoqda (xorijliklar ko‘zi bilan bunday ijobiy ko‘rsatkichlar kuzatilayotgandan odamda faxr paydo bo‘ladi-ya).

Qirg‘iziston Respublikasining qo‘shnilari iqtisodiy yetakchilik uchun raqobatlashayotgan bir paytda Qirg‘iziston siyosiy rejimni qayta tiklash jarayonida. So‘nggi olti oy ichida mamlakatda parlament saylovlari, prezident saylovlari referendum bo‘lib o‘tdi, mahalliy kengashlarga saylovlar, referendum va olti oy ichida yana parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Investorlar Qirg‘izistondagi xalqaro hamjamiyat uchun har doim jozibador bo‘lib kelgan demokratiya tahdididan qo‘rqadi.

Respublikada sarmoyadorlarni himoya qilish faqat so‘z bilan mavjudligini “Jerui” oltin koni bilan bog‘liq vaziyat tasdiqlaydi.

Maʼlumot o‘rnida: “Alyans Altin” kompaniyasi davlat idoralaridan hujjatlarni ololmagani sababli konni ishga tushirish bir necha bor qoldirilgan edi. Kompaniya 2015 yilda konni rivojlanish uchun litsenziyani 100 million dollarga sotib olgan. Bu Qirg‘izistonga to‘langan eng katta miqdordagi to‘lov xisoblanadi. O‘sha vaqtlar 580 million dollar miqdoridagi qonuniy majburiyatlari tufayli “Jerui” muammoli obyekt deb hisoblangan.

Qirg‘izistonning asosiy eksport mahsuloti oltindir. Biroq, siyosiy g‘alayonlar tufayli minalar maydoniga o‘xshash mamlakatga hech kim sarmoya kirishga shoshmayapti.