Turmanistonda oyliklar plastik idishlar va lampalarda berildi

Turkmanistonning Lebap viloyati Farap tumanidagi kommunal xizmat, qishloq texnik xizmatlari, elektr taʼminoti korxonalari va gaz taʼminoti maʼmuriyati xodimlari 30 foizga qisqartirilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Umumtaʼlim maktablarining taʼminot bo‘limlarida ishchilar soni ham kamayib bormoqda. Viloyatda joylashgan baʼzi yirik paxta zavodlari va paxta tozalash zavodlari ish jadvali yarimga qisqartirilgan.

Davlat idoralari ham ish haqini berishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Masalan, Darg‘anat viloyatidagi o‘qituvchilar va shifokorlarning ish haqining 50 foiziga Turkmanistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, to‘qimachilik, plastik idishlar va lampalar berildi.

Odamlar ushbu mahsulotlarni bozorlarda sotish uchun muvaffaqiyatsiz harakat qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida “Turkmaniston xronikasi” ning muxbirlari 2021 yilda butun mamlakat bo‘ylab davlat korxonalari va byudjet muassasalari xarajatlarini “optimallashtirish”, shu jumladan politsiya xodimlari ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilayotgani haqida xabar bergan edi.