Navalniy uchun antiqa jazo

Rus segmentidagi OAVlarda yana “Navalniy” mavzusi qizg‘in baxsga sabab bo‘lmoqda. Eʼtiboringizga ijtimoiy tarmoqlardagi mavzuga doir fikr, chaqiriqlar va rasmiy internet nashlaridagi xabarlarni havola etamiz:

“Hozir koloniyada Aleksey Navalniy bilan sodir bo‘layotgan narsa bu haqiqiy davlat terrori, buning maqsadi boshqalarni qo‘rqitishdir. Ular odamni, hayotga yaroqsiz sharoitga turishadilar, u yerda u uyqusizlik bilan qiynoqqa solinmoqda, inson qadr-qimmatini kamsitadigan ishlarni qilishga majbur qilinmoqda va tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti.

Advokatlar Alekseyning oyog‘i og‘riyotganligi, uni o‘ta og‘ir bel og‘rig‘i qiynayotgani va u deyarli yura olmayotganligini xabar qilmoqda. Sadistik FSIN Navalniyning ahvolini “qoniqarli” deb taʼriflagan bo‘lsa ham, aslida hamma narsa juda yomon. Bu harakatlarning maqsadi shundan iboratki, agar ular global miqyosdagi siyosatchi Navalniy bilan shunday muomala qilsalar, unda shubhasiz oddiy odamlar haqida gapirmasak ham bo‘ladi. Aleksey Navalniy uchun ozodlik. Aleksey Navalniy zudlik bilan ozod qilinishi kerak!”

Yana bir bayonot: “Navalniyning advokati koloniyada unga berilgan birinchi tanbeh haqida gapirdi. U 10 daqiqa erta uyg‘ongani uchun uyqu va kun tartibini buzilganlikda ayblangan.

Navalniyning o‘zi esa tizimdagi ziddiyatlarni taʼkidlamoqda.

“Koloniya xodimlarining meni “qochishga moyil” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazganliklari sababli tunda har soatda uyg‘otishmoqda”, dedi u.