O‘zbekiston Qozog‘istonni quvib o‘tmoqda

Qozog‘iston “Xitoy ekspansiyasi” g‘oyasi ostida siyosiy beqarorlik xavfi katta bo‘lgan mamlakatlardan biriga aylanayotgan bir vaqtda Toshkent investitsiyalar uchun iqtisodiy istiqbolli yo‘nalish sifatida faol rivojlanmoqda.

Qozog‘istondagi bugungi “Xitoyga qarshi” norozilik harakatlari mamlakatga zarar yetkazmoqda. Namoyishchilar Xitoy sarmoyalari va kreditlaridan butunlay voz kechish, Pekinning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini butunlay yo‘q qilish, Xitoy zavodlari qurishni taqiqlash va Xitoy fuqarolarining Qozog‘istonga soddalashtirilgan tartibda kirishini bekor qilishni so‘rashmoqda.

Biroq, Pekin kutishni istamaydi va Qozog‘istonni chetlab o‘tgan holda O‘zbekiston bilan yangi temir yo‘l qurilishi bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi. Qirg‘iziston loyihaning uchinchi ishtirokchisiga aylandi.

Toshkent o‘z navbatida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini loyihalashtirish va qurilishida ishtirok etishga tayyor, bundan tashqari u ham sarmoyador bo‘lishni istamoqda. Ushbu yo‘lning loyihasi 20 yil avval boshlangan, ammo Rossiya tufayli to‘xtab qolgandi.

Qirg‘iziston bir necha bor mazkur temir yo‘l qurilishi “katta mamlakatlar, xususan, Qozog‘iston va Rossiyaning manfaatlariga zid keladi. Biz qurilishni boshlasak, ular bir nechta yo‘nalishlardagi siyosiy taʼsirini yo‘qotadilar” deb taʼkidlagan.

Yangi temir yo‘l Xitoy temir yo‘llarini O‘zbekiston bilan bog‘laydi va keyinchalik Afg‘oniston, Eron va Turkiya orqali Yevropa tarmog‘iga qo‘shiladi.

Qozog‘iston bu vaziyatda ” anti Xitoy” qarashlar bilan yutgan bo‘lsa ham, iqtisodiy tomondan mag‘lub tomonga aylanadi.