Turkmaniston ikki palatali parlament tizimiga o‘tdi

Kecha 28 mart kuni mamlakatda yangi palataga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish yakunlandi. Palatadagi 48 o‘rin uchun 112 nomzod kurash olib bordi.

“Saylovchilarning 98,7%”Xalq Maslahati” aʼzolari uchun saylovlarda ovoz berdi”, – deyilgan MSK xabarida. Natijalar besh kun ichida eʼlon qilinishi aytilgan.

Ikki palatali tizimga o‘tish to‘g‘risida qaror o‘tgan yilning sentyabr oyida qabul qilingan edi.

Yangi palata – Xalq Maslahati (Xalq Kengashi) – 56 aʼzodan iborat. Ularning 48 nafari ovoz berish yo‘li bilan saylanadi, qolganlari prezident tomonidan tayinlanadi. Bundan tashqari, har bir sobiq davlat rahbari ham Xalq Maslahati aʼzosi hisoblanadi.