Adolatsiz oylik maoshlar

Materialda keltirilayotgan byudjet tashkilotlari tomonidan adolatsiz oylik maoshlarning taqsimlanishi bo‘yichadir. Mazkur holat Qozog‘iston misolida keltirilgan bo‘lsada,  bizning yurtimizdagi ko‘rinishlar bilan ko‘p tomondan o‘xshash.

Advokat Jangelda Sulaymonovning so‘zlariga ko‘ra, Yagona jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasi top-menejerining maoshi 2,2 million tenge. Maʼlumotlar Moliyaviy hisobot depozitariyining veb-saytidan (dfo.kz) olingan.

Yagona jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasi xodimlari o‘rtacha ish haqqi oluvchi fuqarolardan deyarli 10 baravar ko‘proq oylik maosh olayotgani ko‘pchilikni hayron qoldirmoqda. Agar Qozog‘istonda o‘rtacha oylik nominal ish haqqi 223 213 tengeni (1 tenge – 24,70 o‘zb. so‘miga teng) tashkil etadigan rasmiy statistik maʼlumotlarga (bunday maʼlumotlar qanday tayyorlanishini bilamiz)ishonilsa, bu oylik maoshi juda katta miqdorda ekanligini anglash mumkin bo‘ladi.

“Agar eng kam ish haqqi bilan ishlayotganlarning ish haqqini taqqoslansa, bu butunlay achinarli holat bo‘ladi. 2,2 million tanga to‘plash uchun eng kam oylik ish haqqi bilan ishlaydigan odam deyarli 52 yil davomida yeb-ichmasligi va bir kiyim sotib olmasligi kerak bo‘ladi. Bu ijtimoiy adolatmi?” deyilmoqda materialda.

Albatta, top-menejerlar o‘zlarini chetlab o‘tishlari mumkin: Yagona jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasining sarmoyaviy daromadi 2020 yilda 1,3 trln.tenge Pensiya aktivlarining hajmi hozirda 12,6 trln.tenge yaʼni, rentabellik 10% dan sal ko‘proq. Bu har qanday ikkinchi darajali bankdagi omonat bilan bir xil. Shu bilan birga, jamg‘arma xarajatlari yiliga 30 million dollarni tashkil etmoqda.

P.S. bizdagi holatlar bo‘yicha ham fikrlar bildirsangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi.