Qirg‘izistonda Oliy sud rahbari vaqtincha ishdan chetlashtirildi

Prezident taklif bilan chiqdi, deputatlarning aksariyati ma’qulladi. O‘tgan yil oxirida Oliy sud raisi Gulbar Kalievaga nisbatan korrupsiya bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan edi. Bundan tashqari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mansab vakolatini suiste’mol qilish masalasi bo‘yicha ham tergovni boshladi.