Deputat aholini emlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi

Majlis deputati Irina Unjakova “Biz bunday ishni tashkil etishimizda 15 yil davomida aholini emlashni yakunlashimiz mumkin ”- deya Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tanqid qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha o‘z “achchiq” tajribasidan ham jahon tajribasidan ham hech qanday saboq olmadi.

«Isroil, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Serbiya, Singapur va boshqa qator mamlakatlarda aholining yarmidan 90 foizigacha emlanib bo‘lindi.

Qozog‘istonda 101 mingdan sal ko‘proq odam emlangan. Bu 0,7 foizni yoki aholining bir foizidan ham kamini tashkil etadi. Umuman olganda emlash ikki oy oldin boshlangan. Mamlakatning bunday emlash tezligida Qozog‘istonning 19 millionga yaqin aholisining 70 foizini emlash uchun 15 yil vaqt kerakligini hisoblash uchun super-matematik qobiliyatlarga ega bo‘lishingiz shart emas”, – dedi deputat.

Deputat Rossiyaning “Sputnik-V” vaksinasini ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun 18 milliard tenge (1 tenge-24,64 o‘zb. so‘m) ajratilganligini, shundan taxminan 15,2 milliard tenge Qarag‘anda farmatsevtika kompleksiga vaksina ishlab chiqarish uchun ajratilganligini aytib o‘tdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga ko‘ra, bu yerda atigi 243 ming dozada vaksina ishlab chiqarilgan, ularning 93 mingtasi qo‘llanilgan va hozirda 150 mingtasi hududlarga yetkazib berilmoqda.