Muhojirlar farzandlari rus madaniyati bosimi ostida o‘qitiladi

“Rossiya maktablari muhojirlarning farzandlarini ham qamrab olishi kerak toki, ular lingvistik muhitga moslasha olsinlar. Ular uchun alohida maktablar ochish va qamrab olish xuddi Yevropa va AQShdagi kabi vaziyatlarni keltirib chiqishiga sabab bo‘ladi”, – dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

“Hozirda tayyor loyihalar yo‘q, ammo bizning maktablarda migrantlarning farzandlari Rossiya fuqarolari farzandlari bilan tengma-teng taʼlim olishlarini taʼminlashimiz kerak chunki, bu ularga rus tilidagi muhitga chuqur moslashishiga imkon beradi. Bu ularga nafaqat rus tilidagi qadriyatlarimiz tizimiga kirib borishlari – umuman madaniyatimizga ham moslashishga imkon beradi”, – dedi Prezident millatlararo munosabatlar kengashi yig‘ilishida.

Putinning bayonotidan so‘ng OAVlarida bir nechta materiallar eʼlon qilindi.

Mana shunday materiallarda mutaxassislarning fikrlari ham berib borilmoqda, masalan: Muhojir bolalarning rus sinflariga qabul qilinishi uchun maksimal foiz qancha bo‘lishi kerak?, Rus tilida yaxshi gapira olmaydigan va yoza olmaydiganlar uchun alohida sinflar tashkil etilishi byudjetga qanchaga tushadi? kabi savollar bor.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mehnat muhojirlarining farzandlarida nafaqat “lingvistik qoloqlik”ni, balki madaniy darajadagi, urf-odatlardagi va xulq-atvoridagi farqlari ham talaygina va bunga ko‘z yumib bo‘lmaydi.

“Maktablar va individual sinflarda Rossiya fuqarosi bo‘lmagan bolalar uchun kvotalar mavjud. Ularning soni rus sinflaridagi o‘quvchilar sonidan 10 foiz oshmasligi kerak, aks holda o‘quvchilarni lingvistik va madaniy muhitining parchalanishi boshlanadi”, – deb hisoblanadi.

Ularning fikriga ko‘ra, “agar bunday maktab o‘quvchilari sinfning kamida uchdan bir qismini tashkil etib qolsa, ular birlashadilar va ajralib oladilar, keyinchalik qolganlar ham beixtiyor o‘zlari uchun begona xatti-harakatlarni qabul qila boshlaydi”.

Shundan kelib chiqib, taklif tayyorlayotganlar, sonli kvotalardan tashqari, o‘quvchilarning maktabdagi xatti-harakatlari, ularning tashqi qiyofalarini tartibga solinishi va bu jarayonlar qoidalarda qayd etilishi kerakligi, agar ular qoidalarga rioya etmasa, muhojir-o‘quvchilarni o‘quv jarayonidan chetlashtirish belginlangan.

Mutaxassislarning taklifiga ko‘ra, taʼlim tizimida “ko‘pchilikning milliy madaniyatining ustuvor yo‘nalishlari – aniqrog‘i rus shahar madaniyati belgilanib, milliy ozchilikning” madaniy xususiyatlari uchun “hech qanday imtiyozlar bo‘lmasligi kerak”.

“Mehnat muhojirlarining farzandlari maktabda Rossiya fuqarolarining farzandlari bilan teng taʼlim olishlari kerak” hozirda Rossiya hukumati tomonidan mana shu taklif ko‘rib chiqilmoqda.

P.S. qanday fikr va tanqid qilishni ham bilmaydi kishi…

Hukumatimizdan yaxshi ish o‘rinlari yaratishini va biznikilar Rossiyaga mehnat muhojirlari bo‘lib bormasligini so‘raymizmi?