Qozog‘iston shimoliy hududlariga yangi “desant” yubormoqda

“Qozog‘istonda janubiy viloyatlardagi mahalliy aholini shimolga ko‘chirish bo‘yicha tashabbuslar asosan hukumatning etnik tafovutlarni tenglashtirishga urinishlari bilan izohlanadi”

“Bunday dasturlar bir necha yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Hatto poytaxtni Olmaotadan Ostonaga ko‘chirilishining sabablaridan biri ham etnik tafovutlarni yumshatish edi, chunki bir qator shimoliy viloyatlarda rus millatidagi aholi soni mahalliy qozoq millatidagi aholi sonidan oshib ketgan edi”, – deya izoh berdi qozoq siyosatshunosi Talg‘at Mamirayimov. Shuningdek, u bir qator tumanlarda poytaxt ko‘chirilgandan keyin ham Rus aholisi foiz hisobida ustunligini qo‘shib qo‘ydi.

Maʼlumot uchun: Qozog‘iston hukumati 2026 yilgacha Shimoliy-Qozog‘iston viloyati hududiga 10 ming kishini ko‘chirishni rejalashtirilgan.

Mutaxassisni taʼkidlashicha, aholini janubiy hududlardan mamlakat shimoliga ko‘chirish dasturlari Qrimning Rossiyaga qo‘shilishidan va Donbassdagi mojaro boshlangandan keyin faolroq amalga oshirila boshlandi. “Shu bilan birga, mahalliy shimoliy qozoqlar ruslar bilan turli xil aloqalarni o‘rnatdilar, ularning mentaliteti ruslarga yaqinlashib qolgan, shuning uchun ham bunday tashabbuslarga ko‘proq eʼtibor qaratilmoqda”, – deya xulosa qildi Talg‘at Mamirayimov.

P.S. Qo‘shnilarimiz ajoyibda Qirg‘iziston Rossiya tomon shiddat bilan intilmoqda, Qozog‘iston esa aksincha shiddat bilan milliylik tomon harakat qilmoqda.