Afg‘oniston Istanbul sammiti oldidan

Afg‘oniston armiyasi Qandahor viloyatining Arg‘andob tumanini toliblardan tozalaganligi to‘g‘risida internet nashrlarida xabar tarqatildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu hududda bir necha oydan beri og‘ir janglar davom etib kelayotgandi. Terrorchilar bir yildan ko‘proq vaqt davomida egallab turgan pozitsiyalaridan ayrildilar.

Bu Afg‘oniston hukumati uchun juda muhim strategik va ramziy g‘alaba, ayniqsa Afg‘onistonda bo‘lib o‘tadigan Istanbul sammiti arafasida.

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari toliblarga qarshi samarali kurashish va ularni mag‘lub eta olishlarini yana bir bor namoyish etishdi – agar o‘zlaridan chiqqan siyosatchilar xiyonat qilmasa, soxta “tinchlikparvar”lar orqada o‘q uzishmaydi.

Bugun Tolibon shok holatida. Albatta, ular muvaffaqiyatsizlikka duch kelishiga qaramay, mamlakatning boshqa hududlarida qasos olishga intilmoqda. Ammo barchasi aniq – Qandahor yaqinida Tolibon mag‘lubiyatga uchradi.

Aytgancha, bugun Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari terrorchilar bir necha yil davomida nazorat qilib kelgan Badaxshon viloyatidagi tumanlardan birini toliblardan tozalashdi. Tolibonning bahorgi hujumi o‘rniga Afg‘oniston armiyasi hujumi boshlandi…