Qirg‘izistonda yangi to‘ntarish yaqinlashmoqdami?

“Qirg‘izistondagi davlat to‘ntarishiga urinish 11 aprel kuni yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum bilan bog‘liq bo‘ladi”, deyilmoqda internet nashrlaridagi xabarlarda.

“Vashington va London o‘zlarining vakillarini hokimiyat tepasiga olib kelmoqchi. Agar o‘tgan yilning kuzida bo‘lib o‘tgan voqealarda AQSH elchixonasi va xususan elchi Donald Lu vaziyatni beqarorlashtirishda asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa, endi Buyuk Britaniya elchisi Charlz Edmund Garret Qirg‘izistonda to‘ntarishini rejalashtirmoqda. U jurnalistlar, faollar, nodavlat tashkilotlar vakillari bilan doimiy aloqa olib bormoqda”, – dedi siyosatshunos Mars Sariyev.

Maʼlumot o‘rnida qisqacha: 2012 yilda Garret o‘sha paytdagi MI6 (Britaniya razvedkasi) rahbari o‘rinbosari Aleks Yangeruga London Olimpiadasi xavfsizligini taʼminlashda yordam bergan. Garret Shimoliy Makedoniyada elchi bo‘lib ishlagan davrida (2014-2018) “jamoatchilik fikri rahbari” sifatida Nikola Gruyevskiy hukumatini hokimiyatdan chetlatishga muvaffaq bo‘lib, g‘arbparast Zoran Zayevning saylovlarda g‘alabasini taʼminlagan edi.

2020 yil iyul oyida Garret AQSh elchisi Donald Lu ko‘magida Amerikaning Bishkekdagi elchixonasida mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari faollari uchun USAID, NED va xorijiy matbuot markazi (davlat departamenti) xodimlari bilan yopiq onlayn konsultatsiyalar tashkil qilgan.

2021 yil 10 yanvarda Qirg‘izistonda prezident saylovlari kuni Garret saylov uchastkalarini ko‘zdan kechirgan. Endi maqsad yaqinlashib kelayotgan 11 aprel referendumidir.

31 mart kuni AQSh Davlat departamenti 2020 yil uchun Qirg‘izistondagi inson huquqlari to‘g‘risidagi hisobotni eʼlon qildi. Hisobotda “inson huquqlarini himoya qilish talablarga javob bermasligi to‘g‘risida” xulosa berilgan. Donald Lu yangi hukumat ushbu tendensiyani qaytarish uchun choralar ko‘rishiga umid bildirdi: “Umid qilamizki, yangi hukumat fuqarolik jamiyati, huquqni muhofaza qilish organlari, inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari va sud tizimini saʼy-harakatlarni yana-da oshirish hamda inson huquqlarini buzuvchilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha amaliy ishlar olib boradi”.

Avvallari elchixona tomonidan Qirg‘iziston rahbariyatiga nisbatan bunday bayonotlar berilmagan edi. Qayd etish lozim, Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlarining tuzilmalari birgalikdagi “taʼsir kuchi” o‘sdi,  endi ular birgalikda mamlakatdagi jarayonlarga bevosita taʼsir o‘tkazishga harakat qilmoqdalar.