Turkmanistonda 1 kg. go‘sht narхi 50$ yaqinlashdi

Turkmanistonda ramazon oyi oldi, to‘ylar soni va go‘sht narxlari oshib bormoqda, deb xabar bermoqda “Turkmaniston xronikasi” muxbirlari.

Davlat do‘konlarida mol go‘shti yetishmasligi kuzatilmoqda, shuning uchun bu yerda asosan tuya go‘shti sotilmoqda. Agar ilgari uning bir kilogrammi 24 manatdan (1 manat – 6 126,96o‘zb.so‘m. Tahminan bizning pulda 147mingdan sal oshadi) tushgan bo‘lsa, endi uning narxi 35 manatdan oshdi, garchi xaridorlarning fikriga ko‘ra uning sifati ancha yomonlashgan.

Xususiy savdogarlar chorva mollarini faqat xaridorlar bo‘lganda so‘yishmoqda. Chorva egasi qo‘shnilari va qarindoshlari orqali yaqinda yangi mol go‘shti bo‘lishini eʼlon qiladi. Odamlar navbatga yoziladi va qancha go‘sht sotib olishlarini aytadi. Xaridorlar yetarli bo‘lganda, sotish sanasini eʼlon qilinadi. Bunday holda, go‘shtning bir kilogrammi xaridorga 370ming so‘m artofida tushadi, agar go‘shtni alohida tanlab olsa unda 420ming so‘m atrofida, suyaksiz lahm go‘sht esa 80 manat yaʼni 490 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.

Umuman olganda Turkmanistonda ham markazda go‘sht narhi biroz balandroq bozorlarda mol go‘shti kilogramm uchun 70 dan 76 manatgacha, hududlarda esa – 60 dan 68 manatgacha sotilmoqda.

Bu yerda ham, ozuqa narxining ko‘tarilishi go‘sht narxining oshishiga taʼsir ko‘rsatgan. Mart oyida bir kilogramm mollarga ozuqa uchun ishlatiladigan kunjara uchun 5 dan 7 manatgacha narxlar ko‘tarilgan edi. Yem-xashak bug‘doyining kilogrammi 3-4 manatdan 5-6 manatgacha ko‘tarilib ketgan. Buning oqibatida esa… yuqorida narhlarni tanishtirib chiqdik.