Qozoq milliarderlari ko‘paymoqda

Forbs jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng boy odamlar yangi reytingida uchta qozog‘istonlik boy paydo bo‘ldi. Endilikda dunyoning eng boy odamlari qatorida, 6 nafar qozog‘istonlik ishbilarmonlar o‘rin olgan.

To‘rt yil davomida dunyodagi eng boy odam Amazon asoschisi Joff Bezos bo‘lib, uning boyligi 177 milliard dollar deb baholanmoqda. Bezos bir so‘ngi yilda 64 milliard dollar ishlab topdi.

Ko‘pchilik tanib ulgurgan Ilon Mask 151 milliard dollar bilan reytingning ikkinchi qatorini egallab turibdi. Bir yil davomida SpaceX va Tesla kompaniyalari egasi o‘z boyligini birdaniga 6 baravar oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Louis Vuitton Moët Hennessy guruhining prezidenti Bernard Arno 150 milliard dollar boylik bilan reytingning uchinchi qatorini egalladi. Sayyoramizning eng boy beshligiga Microsoft asoschisi Bill Geyts va Facebook rahbari Mark Sukerberg ham kiritildi.

Qozog‘istonliklar orasida eng yuqori ko‘rsatkich reytingning 622-qatoridagi tadbirkor Vladimir Kim bo‘lib, uning boyligi 4,6 milliard dollarga baholangan. Ikkinchi o‘rin – Bulat Utemuratov. U 3,4 milliard dollar boyligi bilan 891-o‘rinni egallab turibdi.
Boyligi 3,3 milliard dollarni tashkil etgan Kaspi.kz hammuassisi Vyacheslav Kim reytingning 925-qatorida joylashgan.
956-o‘rinni uning sherigi Mixail Lomtadze 3,2 milliard dollar boylik bilan egallab turgan bo‘lsa, oilaviy bizens egalari Timur va Dinara Kulibaevlar har birining boyligi 2,8 milliard dollar bilan 1111-o‘rinda.Freedom Holding Corp egasi Timur Turlov 2,2 milliard dollar kapitali bilan reytingning 1517-qatorida joylashgan.

P.S. biznikilar ham qachon ochiqchasiga mana shunday retinglardan joy olar ekan?! Nima deb o‘ylaysizlar ochiqchasiga mana shunday boyliklarini ko‘rsatib e’lon qilib borgan ma’qulmi yoki…

Yana bir narsa “Forbs” biznes jurnali bizning yurtimizda ham vakolatxonasini ochishni va faoliyat olib borishi e’lon qilingan edi. Eshitimizcha ba’zi bir tashkilotlar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Keyin nima bo‘ldi?