Xitoy dollarga joyini ko‘rsatib qo‘ymoqchi

Xitoy Markaziy bank tomonidan boshqariladigan raqamli valyutani yaratish bo‘yicha rivojlangan dunyoning aksariyat qismini ortda qoldirdi, deb xabar berdi CNBC.

“Yanada kengroq olsak, bu qadam yuanning jahon zaxira valyutasi maqomiga ega bo‘lgan AQSh dollari uchun yanada jiddiy raqobatchiga aylangani to‘g‘risida xavotirlarni kuchaytiradi”, – demoqda ekspertlar.

AQSh Federal zaxira tizimi XXR ortidan quvib o‘tishga shoshilmayapti. FZT raisi Jerom Pauell yaqinda valyuta regulyatori bu borada Kongress ma’qullamasdan hech narsa qilmasligini ma’lum qildi. Hozirda amerikaliklar raqamli dollar yaratish ustida ishlamoqda, ammo loyiha boshlang‘ich bosqichda. Gap Bostondagi FZT tomonidan Massachusets Texnologiya Instituti bilan birgalikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha haqida ketmoqda.