Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarini internetda haqoratlash qanday oqibatlarga olib keladi?

Turkmanistonda Prezidentni yomonlamaslik va tanqid qilmasliklari amaldagi va umrbod “Arqadog‘” Berdimuhammedov “Turkmanistonda Internetni rivojlantirishni va Internet xizmatlarini ko‘rsatishni huquqiy tartibga solish to‘g‘risida”gi 2014 yildagi qonunda, unga nisbatan “haqorat va tuhmat tarqatish”: konstitusiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish, urushga chaqiriq va pornografiyani tarqatish jinoyatlariga tenglashtirilgan. Arqadog‘ga nisbatan tanqidiy fikr uchun uncha 5 yilga uzoq bo‘lmagan joylarga yuborishadi.

Qozog‘istonda Prezidentni tanqiddan himoya qiluvchi 3 ta modda mavjud. Bu yerda hozirgi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqaevni haqorat qilganlik hamda birinchi prezident Nursulton Nazarboev haqidagi negativ fikrlar uchun jazo bor. Bundan 21 yil avval 2000 yilda Nazarboev “birinchi prezident” maqomini olgan, bu o‘z o‘rnida uning qadr-qimmati iste’foga chiqqanidan keyin ham “himoya qilinishini” kafolatladi. 2007 yilda “birinchi prezident” to‘g‘risidagi qoida Konstitusiyaga ham kiritilgan. Qozog‘istonda prezidentni haqorat qilganlik uchun jarima, axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilga ozodlikdan mahrum etish mumkin.

Tojikiston rahbari bunday yo‘nalishda biroz oldinlab ketgan. 2016 yildan buyon Imomali Rahmon “tinchlik va milliy birlikning asoschisi – millat yetakchisi” maqomiga ega. O‘sha yili qabul qilingan maxsus qonunga ko‘ra, uning mulki daxlsizdir. Shunday qilib, prezident haqidagi tanqidiy bildirilgan fikr uchun jarima to‘lash yoki ko‘chalardagi axlatlarni tozalash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum bo‘lish mumkin.

2021-yil 30 mart kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.
Endilikda kodeksning 158-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentini internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish:

▪️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
▪️2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
▪️5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qirg‘iziston bu borada (hozircha!) o‘zini tiyib turibdi. Bu yerda prezidentning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari va eks-prezident maqomi to‘g‘risida” gi qonun amal qiladi. Qonunning 4-moddasiga binoan, agar Qirg‘iziston rahbariga nisbatan haqorat qo‘llanilgan bo‘lsa, Bosh prokuror, Prezidentning roziligi bilan ma’naviy zarar miqdorini oldindan tasdiqlagan holda, prezident sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishi shart.

Shunaqa gaplar…