Qozog‘istonda benzin keskin ko‘tarildi

Mamlakatdagi eng qimmat benzin Atirau hududida bo‘lib u yerda litri uchun 200 tenge (1tenge-24,21so‘m, taxminan 4 800 so‘mdan oshadi) to‘g‘ri kelmoqda. Oqtovda esa AI-92 quyish sakkiz tanga arzonroq.

Narxlarning ko‘tarilishining bir necha sabablari bor. Ulardan asosiylari: ikkita neftni qayta ishlash zavodlarida rejali ta’mirlash, import qilinadigan xom ashyo va iqtisodiy inqiroz. Bularning barchasi narxlarning kechiktirilgan o‘sishiga olib keldi. Biroq, Energetika vazirligi bularning hammasini muammo deb hisoblamaydi.

Ular aytishicha, mamlakatda yoqilg‘i yetarli va tanqislik haqida gapirishga hali erta. Mutaxassislarning fikricha, bu narxlar ko‘tarilishi yana davom etadi. Zavodlarning uchdan bir qismi Rossiyadan xom ashyo oladi va u yerda benzining 1 litr narxi allaqachon 200 tangadan oshib ketgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, agar vaziyat o‘zgarmasa, benzin narxining ko‘tarilishi tovar va xizmatlar narxiga jiddiy zarba berishi mumkin.