Putinning yangi “1-raqamli uchog‘i” nima uchun noyob?

Rossiya Prezidenti uchun yangi “1-raqamli bort” taqdim etildi. Bu Il-96-300PU samolyotining yangilangan va barcha texnik vositalar bilan jihozlangan nusʼhasi.

Nima uchun aynan “Il-96”? mazkur layner hukumat samolyoti sifatida ishlatilishining bir qancha sabablari bor – “birinchidan, bu haqiqatan ham juda ishonchli va xavfsiz samolyot, bunday deyilishiga, ushbu samolyotning uzoq muddat ishlashi bilan isbotini topgan. Bundan tashqari, bu Rossiyadek davlat rahbari obro‘iga to‘g‘ri keladi, qolaversa, – har bir davlat rahbari ham o‘z mamlakati kuchi bilan ishlab chiqarilgan “o‘z” samolyotida uchishga qodir emas”, – dedi RFda xizmat ko‘rsatgan uchuvchi V.Talanov.

Mutaxassislarning fikricha, Il-96-300PU samolyoti atom quroliga ega davlat rahbari uchun nafaqat havo qatnovi vositasi balki, prezidentning mamlakat xavfsizligi bilan bog‘liq barcha voqealardan xabardor bo‘lishi va har qanday vaqtda vaziyatda qaror qabul qilishi va kerak bo‘lganda – yadro “qizil tugmachasini” bosishga ham sharoit va imkon yaratib bera olishi kerak.

Bundan tashqari mazkur layner Putinga doimiy ravishda sunʼiy yo‘ldosh va boshqa maxsus aloqa kanallarini nazoratini olib borishiga, qolaversa, maxsus kod bilan shifrlangan xabarlarni dunyoning istalgan balandligidan uzatishga imkon beradi.

“Prezident borti” ning boshqa maishiy jihozlari bo‘yicha esa quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, laynerda mini-sport zal, dam olish xonalari, oshxona, bar, dush va reanimatsiya va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy bo‘lim mavjud.

Yangi “Putin samolyoti”ning ichki bezagi ustida Zlatoustdan eng yaxshi zargarlar ishladi, salon tarixiy mavzulardagi gravyuralar bilan bezatilgan.

Mazkur prezident samolyoti “uchib yuruvchi Kreml” deb nomlansa to‘g‘ri bo‘lsa kerak.

P.S. biroq, ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik bu “uchoqqa” nisbatan faqat negativ fikrlar bildirilgan…