Apple avtomobillari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda

Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning avtomobil sohasiga ham kirib borishi mumkinligi haqida shama qildi.

Apple kompaniyasi 2018 yilda Teslaning texnik masalalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Dag Fildni ishga yollagan. Ehtimol, uchuvchisiz boshqariladigan mashinalar ustida ishlar allaqachon boshlangandur.

Shuningdek, Apple Teslaning boshqa sobiq ishchilarini, shu jumladan Teslaning sobiq muhandislik bo‘yicha vitse-prezidenti Maykl Shvaykuchni ham ishga olgan bo‘lib, hozirda u Apple kompaniyasining Maxsus loyihalar bilan ishlash guruhining katta texnik direktori.