Turkmanistondan chiqish muammoga aylanmoqda

Mamlakat milliy xavfsizlik vazirligi va Migratsiya xizmatini mamlakatni doimiy tark etishni istaganlar soni ko‘payishi, shuningdek, turkman muhojirlari va chet eldagi universitetlar talabalari faolligini o‘sib borayotganligini, ularni hukumatga nisbatan salbiy munosabatini tobora ko‘proq ochiq ifoda eta boshlagani hamda turli xil muxolifat harakatlariga qo‘shilayotgani ko‘rsatuvchi tahliliy hisobotlari Turkmaniston hukumatini xavotirga solmoqda.

Milliy xavfsizlik vazirligi va politsiya tomonidan mamlakat ichkarisida amalga oshirilgan repressiyalar, shuningdek, chet eldagi konsullik va maxsus xizmatlar orqali vatandoshlarga bosimlar rasmiylar kutgan natijalarga olib kelmadi.

Milliy xavfsizlik vazirligi va Migratsiya xizmati tomonidan Turkmaniston fuqarolarining chet elga ketishini minimallashtirish va migrantlarni o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha qator “AJOYIB” takliflar berildi.

Masalan, Migratsiya xizmati xodimlari chet elga sayohat qilish uchun pasport berish qoidalarini qatʼiylashtirishni taklif qilmoqdalar.

Bunda pasportlar quyidagi toifadagi fuqarolarga berilishi kerak:

• chet el universitetlari talabalari, Taʼlim vazirligining tasdiqnomasini taqdim etganidan keyin (yaʼni ertaga mana shu talabaga vazirlik javob berishi ko‘zda tutilgan);

• ishbilarmonlar, soliq xizmati va Turkmaniston ishlab chiqarish va tadbirkorlar ittifoqi tomonidan tasdiqlovchi hujjat berilgan taqdirda (aynan nimani tasdiqlash ochiqlanmagan);

• davolanishga ketayotganlar uchun sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati tashkilotlari tomonidan tasdiqnoma (bemor uchun kasallik varaqasidan tashqari alohida 2ta tashkilotdan hujjat olishi kerak bo‘ladi);

• qarindoshlarni ziyorat qilishga ketayotganlar uchun ham alohida chet ellik qarindoshidan taklifnoma talab etiladi.

Ketish huquqi vaqti-vaqti bilan cheklanib turishi mumkin. Agarda fuqaro qaytish shartlarini buzsa, shaxsni jarimaga tortish yoki maʼlum vaqtga ketishni taqiqlash taklif etilmoqda.

Ushbu choralar Saparmurod Niyozov davrida bo‘lgan “chiqish vizalari” amaliyotini eslatmoqda.

Boshqa takliflar qatoriga chet el universitetlarida so‘nggi yillarini (bosqichlarda) o‘qiyotgan talabalarni qattiq nazorat qilish kiritilmoqda. Taʼlim olayotganlarning ota-onalariga allaqachon maxsus xizmat tomonidan farzandining qachon uyga qaytishini maʼlum qilish talabi bilan murojaat qilgan holatlar mavjud. Shuningdek, ota-onalar farzandlarini chet elda ish izlashi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida ogohlantirilmoqda.

Farzandlari qarindoshlarining qarmog‘ida qolgan muhojirlarga, qarindoshlardan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirishni taklif qilish amaliyoti kiritilmoqda. Aks holda, bolalar uysiz deb topilib, internatlarga yuboriladi.

Ayni paytda ushbu cheklovlar joriy etilmagan.

Yuqoridagi berilgan takliflar avgust oyidan boshlab amaliyotga kiritilishi mumkin.

Aytilishicha, “Qanday bo‘lmasin, agar taklif qilingan cheklovlarning barchasi yoki bir nechtasi joriy etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, bu chegaralar ochilishidan va xorijiy davlatlar bilan havo qatnovini tiklashdan oldin bo‘ladi”.