FACEBOOK siyosiy manipulyatsiyalar vositasimi?

Facebook  mamlakatlar rahbarlari va siyosatchilarga o‘z platformasidan noqonuniy xatti-harakatlar olib borishiga hamda jamoatchilikni manipulyatsiya yoki raqiblarini taʼqib qilish uchun foydalanishga ruxsat berib kelmoqda.

The Guardian Facebook  kompaniyasining xodimlari tomonidan faol ravishda siyosiy manipulyatsion xatti-harakatlar aniqlangan 25 ta  mamlakatdagi 30 dan ortiq ishlarni ichki hujjatlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng mazkur xulosaga keldi.

O‘rganishlar Facebook  kambag‘al, kichik va chekka mamlakatlarda OAV eʼtiborini jalb qiluvchi yoki Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa boy mamlakatlar diqqatini tortuvchi huquqbuzarliklarni birinchi o‘ringa qo‘yib, o‘z platformasini suiisteʼmol qilganligi aniqladi. Kompaniya Amerika Qo‘shma Shtatlari, Tayvan, Janubiy Koreya va Polsha kabi davlatlarga taʼsir ko‘rsatadigan siyosiy manipulyatsiyalarga tezkorlik bilan eʼtibor qilgan, biroq, Afg‘oniston, Iroq, Mo‘g‘uliston, Meksika va Lotin Amerikasining aksariyat qismidagi bunday voqealarga eʼtiborsizlik bilan qaragan.

Facebook  juda ko‘p zarar yetkazadi. Tashkilot bu vaziyatlarda  javobgarlikka tortilmasligini biladi, chunki bunday harakatlar Facebook  uchun yetarli PR -xatar deb hisoblanmaydi“, – deydi kompaniyaning feyk xatti-harakatlarga qarshi kurashish bo‘yicha sobiq tahlilchisi Sofi Chjan.

Umuman olganda Facebook  bundan hech narsa yutqazmaydi.

Bu  to‘lovni butun dunyo to‘laydi.”

Maʼlumki, Facebook  2016 yildagi AQSH tarixiy saylovlarda Rossiya josuslari amerikalik saylovchilarni aldash va ajratish uchun soxta akkauntlardan foydalanganidan so‘ng, o‘z platformasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan siyosiy manipulyatsiya muammosini hal qilishga vaʼda bergan edi.

Ammo kompaniya bir necha bor dunyo siyosiy rahbarlari tomonidan keng tarqalgan manipulyatsiya va ular foydalanib kelgan vositalar aniqlangan dalillarni taqdim etilganida ham bir necha bor o‘z vaqtida choralar ko‘rmagan.

Facebook Chjanni yomon ishlagani uchun 2020 yil sentyabr oyida ishdan bo‘shatdi. So‘nggi ish kunida u 7800 so‘zdan iborat xayrlashuv xatini eʼlon qildi.

Men xorij hukumatlari tomonidan bizning platformamizdan o‘z fuqarolarini manipulyatsiya qilish yo‘lida suiisteʼmol qilayotganini aniqladim va kompaniyani qonunbuzarliklarni bartaraf eta olmaganligi uchun tanqid qildi. “Bilaman, qo‘llarim allaqachon qonga botgan”, deb yozgan u.

Hozir Chjang bu maʼlumotlarni fosh etilishi Facebook ni butun dunyoga taʼsirini hisobga olishga majbur qiladi degan umidda gapirmoqda.

Facebook vakili Liz Burjua: “Biz Chjan xonimning amalga oshirayotgan strategiyamiz va bizning platformamizda suiisteʼmolchilikni yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarimizni bunday tavsiflashiga mutlaqo rozi emasmiz.

“Biz butun dunyo bo‘ylab suiisteʼmol qilish bo‘yicha faoliyatni taʼqib qilamiz va bizni bu ishlarni bajaradigan maxsus jamoalarmiz bor. Natijada biz 100 dan ortiq muvofiqlashtirilgan noto‘g‘ri xatti-harakatlar tarmog‘ini yo‘q qildik. Ularning qariyb yarmi Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasini o‘z ichiga olgan butun dunyo bo‘ylab ishlaydigan ichki tarmoqlar edi. Bizning ustuvor vazifamiz – muvofiqlashtirilgan noto‘g‘ri xatti-harakatlarga qarshi kurashish. Shuningdek, biz spam va soxta aloqa muammolarini qarshi kurashamiz. Har qanday masalani ko‘rib chiqishdan yoki bu haqda jamoatchilik oldida bayonot berishdan oldin tekshiramiz.”

Facebook bugunga kelib 2,8 milliard foydalanuvchiga ega va dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning siyosiy hayotida ustun rol o‘ynaydi.

Ammo siyosiy munozaralarni buzish uchun platformaning algoritmlari va funksiyalarini boshqarish mumkin.

Buning bir usul – Facebook ning haqiqiy bo‘lmagan yoki buzilgan akkauntlaridan foydalanib, soxta “nishon” yaratish –layklar, izohlar, aksiyalar va reaksiyalar. Siyosiy yetakchining mashhurligi to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantirishdan tashqari, soxta aloqalar Facebook ning muhim yangiliklar tasmasi algoritmiga taʼsir qilishi mumkin. Algoritm bilan muvaffaqiyatli o‘yin o‘zgaradi, maʼlumot millionlab tomoshabinlarga yetib boradi.

Eng dahshatli misol Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes bo‘lib, u 2018 yil avgust oyida Markaziy Amerikaning ushbu kichik mamlakatidagi barcha taniqli fuqarolik qalbakilashtirishlarning 90 foizini tashkil etdi. 2018 yil avgust oyida Chjan Ernandes xodimlarining o‘z sahifasida yuz minglab soxta layklar bilan targ‘ib qilish kampaniyasida bevosita ishtirok etganligi to‘g‘risida dalillarni topdi.

Ernandesning Facebook dagi rasmiy sahifasi maʼmurlaridan biri,  foydalanuvchi profillariga o‘xshash tarzda tayyorlangan yuzlab boshqa sahifalarni boshqargan. Xodim Ernandesning postlariga soxta layklarni yig‘ish uchun soxta sahifalardan foydalangan, bu soxta olomonning ovozining raqamli ekvivalenti edi.

Chjan taʼkidlagan sahifalarni suiisteʼmol qilish deb atalayotgan ushbu soxta taʼsir o‘tkazish usuli Facebook siyosatidagi bo‘shliq tufayli paydo bo‘ldi. Kompaniya foydalanuvchi akkauntlari haqiqiyligini talab qiladi va foydalanuvchilarni bittadan ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, lekin akkauntlar kabi ko‘plab amallar jumladan, yoqtirishlar, almashish va sharhlarni bajarishi mumkin bo‘lgan alohida sahifalar uchun qoidalariga ega emas.

Sahifani suiisteʼmol qilish Rossiyaning Internet-tadqiqot agentligi 2016 yilgi AQSH saylovlari paytida, go‘yoki amerikaliklarning vakillari bo‘lgan Facebook akkauntlarini yaratganligi va ulardan odamlarni boshqarish va siyosiy munozaralarga taʼsir qilish uchun foydalanganligi bilan bog‘liq. Facebook buni “muvofiqlashtirilgan noto‘g‘ri xatti-harakatlar” (CIB) deb atadi va tahdid razvedkasi deb nomlanuvchi elita tadqiqotchilar guruhiga uni ochish va yo‘q qilish vazifasini topshirdi. Facebook endi har oy hisobotlarda oshkor etadigan CIB kompaniyalarini soxta akkauntlar va sahifalarni o‘chirib tashlash orqali ochib beradi.

Chjan mana shunday xolat Gonduras va Ozarbayjonda ro‘y berganini xabar beradi biroq, tahdid razvedkasi va ko‘plab Facebook menejerlari va rahbarlari – har ikkala holatdagi vaziyatni ham hukumat harakatlari deb qabul qiladi va chora ko‘rmaydi. Kompaniya esa Gonduras va Ozarbayjonga yuborilgan so‘rovlarga javob olmaydi. U gapirib o‘tgan kompaniya rahbarlari orasida halollik bo‘yicha vitse-prezident Gey Rozen, global saylovlar bo‘yicha davlat siyosatining sobiq direktori Keti Harbat; o‘sha vaqtdagi fuqarolik jamiyati rahbari Samid Chakrabarti va tahdidlarni boshqarish bo‘yicha global mutaxassis Devid Agranovich bor.

Shundan so‘ng Chjanning kuzatuvlariga ko‘ra Gondurasda ko‘pchilik yolg‘on deb hisoblagan saylovda Ernandes 2017 yilda o‘z lavozimiga qayta saylangan. Uning maʼmuriyati mamlakatda keng tarqalgan korrupsiya va inson huquqlarini poymol etilishiga sabab bo‘lganligi qayd etilgan. Ozarbayjon – matbuot erkinligi va erkin saylovlarsiz avtoritar davlat.

Ernandes esa o‘z navbatida kompaniyaning press attashe, advokat va oshkoralik bo‘yicha vaziriga yuborilgan so‘rovlarga javob bermadi. Ozarbayjonning hukmron partiyasi ham so‘rovlarga javob bermagan.

Gondurasdagi tarmoqni yopish uchun Facebook deyarli bir yil, Ozarbayjondagi kompaniyani to‘xtatish uchun 14 oy vaqt sarfladi. Ikkala holatda ham, Facebook sovuqqonlik bilan harakat qilganligini aytmoqda Chjang “platformani davlatlarni suiisteʼmol qilishiga qo‘yib bergan”,-deb taʼkidladi.

Yana bir boshqa vaziyat, Facebook Filippindagi holatlarga nisbatan bir necha oyga chora ko‘rmagan. Chjan 2019 yil oktyabr oyida Filippindagi siyosatchilar uchun sifatsiz soxta skript harakatlarini yaratadigan soxta akkauntlar tarmog‘ini kuzatgan, Lekin, Facebook bu masalani eʼtiborsiz qoldirdi. Ammo, 2020 yil fevral oyida ushbu tarmoqning kichik bir qismi Donald Trampning sahifasida oz miqdordagi soxta shovqinlarni yaratishni boshlaganida, kompaniya zudlik ularni bilan yo‘q qildi.

Baʼzi hollarda Facebook hech qanday choralar ko‘rmaydi

Yana bir holat Albaniya bilan bog‘liq: Tashkilot tergovchisi Albaniya tarmog‘ida feyk izohlarni tarqatganligi hukumat tarkibidagi shaxslar bilan bog‘liqligini isbotlagan bo‘lsada, ish to‘xtatilgan.

Shuningdek, Boliviyadagi saylov oldi davridagi soxta akkauntlarni paydo bo‘lishi hamda faol bo‘lishiga ham ko‘z yumilgan. Yaʼni Boliviya tarmog‘ida mamlakatda 2019 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi soxta akkauntlarning ko‘payishi kuzatilgan edi. Chjan 2020 yil sentyabr oyidagi so‘nggi ish kunidan buyon hozirga qadar, amaldagi siyosatni qo‘llab-quvvatlovchi yuzlab feyk akkauntlar hali ham ishlayotganini aytmoqda.

Tunisdagi saylovlar va Mo‘g‘ulistondagi konstitutsiyaviy inqirozga qaramay Tunis va Mo‘g‘ulistondagi tarmoqlar o‘rganilmay qolmoqda”, Chjan.

2019 yilda Iroqdagi ommaviy noroziliklar va siyosiy inqiroz vaqtida Chjan kashf etgan ikkita tarmoqqa ustuvor ahamiyat berishni so‘radi. Tergovchi akkauntlarni o‘chirib tashlashga rozi bo‘lgan, ammo kompaniya hech kimga nisbatan hech qachon majburlov choralarini qo‘llamasligini bildirgan.

Chjanning oxirgi ish kunida u mamlakatda (Iroqda) bir siyosatchini qo‘llab-quvvatlash uchun hanuzgacha faoliyat yuritayotgan 1700ga yaqin soxta akkauntlarni aniqlagan.

Uning fikricha, Facebook katta kuchga ega siyosatchilarni jazolashni istamaydi. Agarda kompaniyaga taʼsir o‘tkazmoqchi bo‘lsa, shunda ham rasmiy xat yuborish bilan cheklanadi.

Deylik, bankni “muvaffaqiyatli” talon-taroj qilganlik uchun jazo sifatida gazetaga Biz ushbu bank qaroqchisini qo‘lga oldik. Ular bunday qilmasliklari kerak edi”, – deyilgan tanbeh bilan cheklanadi. Vaholanki, talon-taroj qilingan mablag‘larni qaytarilishi yoki bo‘lmasa o‘g‘rilarni jazolash bo‘yicha biror amaliy ish yo‘q.”

“Mablag‘ allaqachon sarf qilingan, uni qaytarib bo‘lmaydi” Facebook mana shunday ishlaydi.

PS. O‘zbekistonda Prezidentlik saylovlari 2021 yil 24 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.