Turkiy integratsiyadan nimani kutish mumkin?

Markaziy Osiyo va Turkiya o‘rtasida madaniy va iqtisodiy hamkorlik o‘rnatilishi bu normal holat. Biroq, harbiy yo‘nalishdagi hamkorlik hozircha dargumon.

Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, ko‘p vektorli siyosatga amal qiladi. Amerika bilan terrorizmga qarshi kurash va energiya xavfsizligi haqida hamkorlik olib boriladi. Rossiya bilan – iqtisodiy integratsiya va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishda. Xitoy bilan – mintaqaviy hamkorlik va tranzitni rivojlantirish bo‘yicha.

Anqara bilan esa turkiy integratsiya qanday bo‘lishi kerak?

Turkiya targ‘ib qilayotgan turkiy integratsiya va uni turkiy davlatlar qanday tushunish kerak?

Anqara tushunchasida turkiy integratsiya – bu turkiy xalqlarning Turkiya homiyligida birlashishidir. Biroq, hech kim birovni harbiy-siyosiy rahbar sifatida tan olishni istamaydi.

Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiya o‘rtasida madaniy va iqtisodiy hamkorlik olib borish mumkin. Qaerdadir infratuzilma loyihalari ham bo‘lishi mumkin. Ammo Anqara bilan chuqur harbiy-siyosiy hamkorlik bo‘lishi mumkin emas, ayniqsa uning yetakchisini tan olish hech kimning manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Mintaqadagi har bir kishining o‘z manfaatlari bor. Qozog‘iston va O‘zbekiston ko‘p yillardan buyon Markaziy Osiyoda yetakchilik uchun raqobatlashib kelmoqdalar va ularning hech biri Anqaraga bu yetakchilikni berib qo‘ymoqchi emas!

Turkiya islomlashtirish tomon bormoqda va geosiyosiy mintaqaviy super kuchga aylanishga intilmoqda. Ushbu vektorni hech kim qo‘llab-quvvatlamaydi, faqat Turkiyaning o‘zini aytmaganda. Mintaqada Erdo‘g‘anning harbiy va siyosiy ambisiyalaridan unchalik mamnun emas. Turkiya keskinlik kamarini yaratdi – kurd, yunon va arman muammolari mavjud.

Bundan tashqari, Turkiya G‘arb bilan faol ravishda ziddiyatli munosabatda, O‘rta dengizda esa mojaro maydoniga ega.

Turkiya bilan hamkorlik Markaziy Osiyo uchun ham yangi eksport imkoniyatlarini keltirib chiqarmaydi. Mintaqadagi davlatlarning eksporti asosan xom ashyo hisoblanadi Turkiya bozori esa tayyor mahsulotga muhtoj emas – uning bozorlari to‘lib bo‘lgan.

Qolaversa, Turkiya iqtisodiyoti hozirda jadal rivojlanmayapti. Mintaqani Xitoyning investitsiyalari kabi qoplay olmaydi.