Firibgar nomzodlar ko‘paymoqda

O‘tgan oy so‘ngida mamlakat Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi “Qozog‘istonning 100 yangi qiyofasi” loyihasi ishtirokchilari uchun onlayn ovoz berish boshlanganligini e’lon qilgandi.

Ammo ovoz berish boshlanganidan bir hafta o‘tmay, tashkilotchilar g‘alati anomaliyani payqadilar: ba’zi nomzodlar uchun ko‘pchilik ovozlar shubhali qisqa vaqt ichida ko‘payib ketdi, aksariyat ovozlar xorij IP-manzillaridan berilganligi aniqlandi.

Tekshiruvni boshlagan tashkilotchilar nohaq ishtirokchilar ovoz sanash dasturini aldash uchun pulli xizmatlardan foydalanganliklarini va maxsus botlardan foydalanganliklarini aniqladilar. Ma’lum bo‘lishicha, ularning foydasiga berilgan ovozlar uchun ishtirokchilar pul to‘lashga va’da berganlar.

Natijada, firibgar nomzodlar loyihadan chetlashtirildi, ammo tashkilotchilar bundan ham katta janjal bo‘lishini oldini olib hanuzgacha ularni ismlarini oshkor qilmadilar.

P.S. Mana shunday ovoz berish tanlovlari O‘zbekistonda ham o‘tkaziladi.

Bizdayam yaxshi “aytishniklar” bor…