O‘zbekistonni OTB va Jahon bankidan qarzi qancha?

Xitoy sobiq ittifoq davlatlarining Rossiyadan keyin asosiy kreditoriga aylandi. Mintaqa davlatlarining Pekinga qarzi 6,6 milliard dollarni, Rossiyaga 9,2 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Pekin kreditlarining katta qismi Belorussiya (3,5 milliard dollar), Qirg‘iziston (1,8 dollar) va Tojikistonga (1,1 dollar) berilgan. Ishbilarmonlik nuqtai nazaridan Xitoy biznesi ushbu mamlakatlardan Rossiya biznesini siqib chiqaradi. Hukumat qarzdorligini bu juda katta kuchdir.

Sobiq ittifoq mamlakatlariga berilayotgan  Xitoy kreditlarining maqsadlari har xil. Masalan, Minskka berilgan qarz hukumatning umumiy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan: davlat qarzini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatish, oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, Xitoy bilan o‘zaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish.

Markaziy Osiyo mamlakatlari Xitoy kreditlaridan infratuzilmani rivojlantirish uchun foydalanganlar.

Xitoy dunyodagi eng yirik suveren kreditor bo‘lib, uning umumiy portfeli 113 milliard dollarni tashkil qiladi. Sobiq ittifoq davlatlari bu portfelda uncha katta ulushni egallamaydilar. Xitoyning eng yirik qarzdorlari Pokiston (19 milliard dollar), Keniya (7,5 milliard dollar) va Angola (6,9 milliard dollar).

Sobiq ittifoq davlatlarining Xitoydan keyingi eng katta karz beruvchisi bu Yaponiya. Tokio 3,2 milliard dollar miqdorida qarz bergan. Eng katta qarzdor esa – O‘zbekiston (1,2 milliard dollar), undan keyin Ukraina (600 million dollar) va Qozog‘iston (400 million dollar).

Biroq, asosiy qarz beruvchilar bu Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki hisoblanadi. Ular sobiq ittifoq mamlakatlariga mos ravishda 20 milliard va 11 milliard dollar qarz ajratgan. Jahon bankining eng katta qarzdorlari Ukraina (4,8 milliard dollar), Qozog‘iston (3,7 milliard dollar) va O‘zbekiston (3,7 milliard dollar). OTBning eng faol qarz oluvchilari O‘zbekiston (5 milliard dollar), Ozarbayjon (2,3 milliard dollar) va Qozog‘iston (1,8 milliard dollar).

Albatta, jahon banki maʼlumotlari foydali, chunki ular suveren qarzlar to‘g‘risidagi juda kam yoki topilishi qiyin bo‘lgan maʼlumotlarni to‘playdi va ochiq qiladi.

Maʼlumot uchun: hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etgan.

Xususan, 2020 yil yakuniga ko‘ra davlat tashqi qarzi 5,4 mlrd. dollarga yoki 2020 yil boshiga nisbatan 34,4 foizga oshib, 2021 yil 1 yanvar holatiga  21,1 mlrd. dollarga yoki YAIMga nisbatan 36,5 foizga yetgan.