Arqadag‘ hokimiyatni o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovga topshirishni boshladi

Yoshlarni mehnatga jalb qilish vaqti keldi. Xabaringiz bor, 14 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bir ovozdan yangi parlament palatasining (Turkmaniston Senati sifatida) rahbari etib saylandi. Shunday qilib, hokimiyatni davlat rahbarining o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovga topshirish bo‘yicha besh yillik marafon yakuniy bosqichga chiqdi.

Serdar haqida deyarli hech narsa maʼlum bo‘lmagan 2016 yildan beri hozirgi kungacha Berdimuhammedov o‘g‘lini davlat tuzilishi bilan tanishtirib, unga amalda barcha asosiy davlat organlarini boqichma-bosqich tanishtirdi.

O‘g‘lining haqiqiy ish uchun emas, balki parlamentda, viloyat maʼmuriyatida, tashqi siyosat idorasida, vazirlikda, Vazirlar Mahkamasida va Xavfsizlik Kengashida barcha lavozimlarga “stajer” sifatida tayinlangani yoki (texnik jihatdan) saylanganligi shundan dalolat beradi. U lavozimlarni qisqa muddat mobaynida egallab turgani tushunarsiz funksiyalarni bajarganini aytmasak ham bo‘ladi.

Hatto prezident ham Serdarni hozirda Bosh vazir yangi o‘rinbosari sifatida qaysi sohani boshqarayotganini yaxshi anglamagan ko‘rinadi. Vazirlar Mahkamasining yangi aʼzosi raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanishi belgilangan.

11 fevral kuni o‘g‘lini Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari etib tayinlagan Gurbanguli Berdimuhamedov vazifalarini tasdiqlash to‘g‘risida o‘z qarorini faqatgina bir oy o‘tib, 12 mart kuni imzoladi. Hujjat matni esa hech qayerda nashr etilmadi.

Biroq, prezidentning o‘g‘lini merosxo‘r sifatida qoldirish niyati bundan besh yil oldin, Serdar televizorda birinchi marta namoyish etilganda shubha qoldirmagan edi.

Berdimuhamedovning ushbu rejani amalga oshirishga intilishi va uni amalga oshirish muddatlari alohida eʼtiborni tortadi.

2019 yil sentyabr oyida Xalq Maslahati (Xalq Kengashi) yig‘ilishi paytida davlat rahbari kutilmaganda Xalq Maslahatini ikki palatali parlamentga aylantirishni taklif qilganida, ekspertlarning fikrlari ikkiga bo‘lindi: baʼzilari Arkadag‘ hokimiyatni boshqara olmay qolsa Serdar Kengashni boshqaradi degan bo‘lsa, boshqalari – Gurbanguli Berdimuhamedov palatadagi yetakchi o‘rinni o‘zi uchun tayyorlamoqda, u hokimiyat boshqarusini o‘z qo‘lida qoldirib, qozoq senariysi kabi hukumatni topshirmoqchi deyishgan edi.

2020 yil fevral oyida, yangi Konstitutsiyaning parlament vakolatlariga oid qoidalari eʼlon qilinganida, kichik Berdimuhamedovning Xalq Maslahatiga ketishi mantiqiyroq tuyuldi. Gap shundaki, birinchi shaxs hukumat boshqaruviga layoqatsiz deb topilgan taqdirda, yangi palata raisi davlat rahbarining vakolatlarini o‘z zimmasiga oladi, ammo u bu vazifalarni faqat prezident qayta saylangunga qadar bajaradi. Prezident vazifasini bajaruvchi o‘z nomzodini qo‘yolmaydi. Shunga ko‘ra, Xalq Maslaxatiga ketgandan so‘ng, Konstitutsiyani buzmasdan saylanish mumkin bo‘lmaydi.

Biroq, Berdimuhammedovga mamlakatning asosiy qonunlarini buzish juda oson ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Avval prezidentni Milliy Kengashga (yangi parlamentga), so‘ngra palata raisligiga saylash o‘ta kutilmagan “yurish” edi. Bu “yurish” shu qadar to‘satdan va hech qanday rasmiyatsizlik bilan amalga oshirildiki, beixtiyor savol tug‘iladi Berdimuhamedov Turkmaniston amaldagi Konstitutsiya matnini yozishda ishtirok etganmi yo‘qmi?

Konstitutsiyaning 73 va 87-moddalari amaldagi prezidentning bir vaqtning o‘zida parlamentda joy egallashini taqiqlaydi.

Davlat rahbariga o‘zi so‘nggi ikki yil ichida o‘zi ilgari surgan Konstitutsiyani buzishi kerakligi to‘g‘risida mantiqiy izoh yo‘q. Bunga qonuniy ehtiyoj yo‘q edi, chunki sobiq prezidentlar avtomatik ravishda “Xalq Maslahati”dan joy olishar, shundan so‘ng ushbu organni boshqarishda qolar edi, bu ham muammo tug‘dirmasdi.

Ehtimol, bu yerda gap huquqiy mantiqda emas, balki Gurbanguli Berdimuhamedovning istaklarida.

Uning xatti-harakatlarini OAV orqali kuzatib, uning boshqalardan ajralib turishi unga uchun juda muhim ekanligini ko‘rasiz. Agar u boshqa amaldorlar yoki diplomatlar bilan yursa, u bir qadam oldinda bo‘lishi kerak; agar u yangi kvartira olgan odamlarni uyiga kelgan bo‘lsa, Arkadag‘ kresloda, uy egalari esa yerda o‘tirishi; uning ofisiga kelgan amaldorlar kostyumda bo‘lsa, u albatta o‘ziniki yechib olishi kerak. Sport tadbirlari paytida esa alohida ranglar tanlanadi, oddiy mansabdor shaxslar, Bosh vazir o‘rinbosarlari va Xavfsizlik Kengashi aʼzolarining sport kiyimlari bir xil rangda prezidentniki esa alohida bo‘lishi protokolga kiritilgan. Yanada aniqroq faktlarni eslashingiz mumkin, masjidlardagi marosim paytida gilam faqat prezident yurishiga mo‘ljallangan tarzda solingan bo‘lib bu “yo‘lakchadan” faqat u yurishga haqli.

Ushbu harkatlarning barchasi Berdimuhamedovning boshqalardan ustunligi va unga teng maqomdagi shaxsning mavjud emasligini taʼkidlash uchun mo‘ljallangan. U mamlakatda kimnidir maqomidan pastroq bo‘lishi mumkin emas, hatto boshqalar u bilan tenglasha olmasligini bilishlariga qaratilgan.

Agar u Konstitutsiyada belgilangan tartibda ish tutsa, u avval davlat rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqishi va hatto qisqa vaqt ichida “lavozimsiz” bo‘lishi, keyin Xalq Maslahatidan joy olishi va uning 55 aʼzosi bilan teng bo‘lishi kerak. Shundagina u Palatani boshqarishi va yana “ko‘tarilishi” mumkin edi.

Ushbu ketma-ketlikni o‘zgartirib, Prezident o‘z maqomini yo‘qotmasdan Parlament palatasini boshqarishi mumkin bo‘ldi.

Ko‘rinishidan, xuddi shu mantiqqa ko‘ra, Turkmanistonda vitse-prezident yoki bosh vazir lavozimi joriy qilinmagan, unga Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li prezident etib saylanganidan keyin isteʼfoga chiqishi mumkin edi. Qonuniy va protsessual jihatdan Xalq Maslahati institutini tuzishdan osonroq bo‘lar edi. Biroq, bu holda, u o‘z o‘g‘liga rasmiy bo‘ysunishiga to‘g‘ri kelar edi.

Rossiyada 2008 va 2012 yillarda bunday o‘zgarishlar muammosiz o‘tgan edi, chunki Putin o‘ziing maqomi to‘g‘risida kompleksga ega emas – hamma bu rus tandemida kim qaror qabul qilayotganini allaqachon anglab yetgandi. Turkman hukumronligida bunday “pasayishlar” qabul qilinishi mumkin emas.

Parlament palatasi raisi – Gurbanguli Berdimuhamedovga o‘z maqomini saqlab qolish va yosh prezidentning o‘ziga xos dono ustoziga aylanishiga imkon beradigan yagona lavozim.

Turkmanistonlik ekspert Serdar Aytakov, “Nezavisimaya gazeta” ga yozgan maqolasida hokimiyatning o‘tkazilishi tez orada sodir bo‘lmaydi, chunki Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining sog‘lig‘ini maqsadli ravishda namoyish etayotgani va kuch-qudratga to‘la ekanligi va bundan keyin ham ishlashga tayyor ekanligi haqida fikr bildirdi.

So‘nggi besh yil ichida Serdar kadr oldida ko‘rinishga o‘rgandi. 2016 yilgi reportajda, Mejlisga saylanganidan so‘ng, u yuzini yashirishga xattoki, stol atrofida o‘tirganida ham qimtinib, atrofida nima bo‘layotganini tushunmayotgani sezilgan edi. Bugungi kunda uning qarashlariga bo‘lgan ishonch sezilarli darajada oshdi, ammo u hali ham xarizma, yetakchilik fazilatlari yoki bashqarishga tayyorligi ko‘rinmaydi.

Ko‘pincha u yig‘ilishlarga bormaydi va uning o‘rniga boshqa mansabdor shaxslar unga qarashli bo‘lgan korxona va tashkilotlarning ishi to‘g‘risida hisobot berishdi. Masalan, Bosh vazir o‘rinbosari Shamuxammet Durdilev sement zavodlari ishi to‘g‘risida bir necha bor hisobot berdi. 2020 yil avgustida u “Turkman Alabay” uyushmasining rahbari sifatida tashkilotni xalqaro tashkilotga aylantirishning muhim marosimida qatnashmadi. Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganidan so‘ng, viloyatlarga tanishuv tashriflari rejalashtirilgan edi, lekin u faqat Lebapga tashrif buyurdi.

Mamlakatdagi to‘liq hokimiyatni o‘g‘li qo‘liga topshirish xavfli bo‘lishi mumkin, ko‘rinib turibdiki, Serdar hali boshqaruv tajribasiga ega emas, buni Berdimuhamedov juda yaxshi tushunadi. Shuning uchun Serdarni davlat boshqaruviga qo‘yish, shu bilan birga kelgusi bir necha yil davomida uni boshqaruvga o‘rgatishi, hukumatni og‘riqsiz o‘tishini taʼminlash va unga ko‘nikish uchun vaqt berish to‘g‘ri tanlov hisoblanadi.

Vaqtga kelsak, mavjud voqealarning tezkorligiga asoslanib, davlat rahbari yaqin kelajakda, shu yil o‘z kuchini yoshlarga topshirish niyati haqida eʼlon qiladi, deb taxmin qilish mumkin.

Bunday bashorat berilishiga sabab, Serdar avvalgi lavozimlarida ishlagan davrlar ko‘rsatib turibdi – bir yildan oshmagan va bundan tashqari u endi turkman siyosiy iyerarxiyasida eng yuqori lavozimlardan birini egallagan va boshqa har qanday tayinlanish pasayishni anglatadi, bu Berdimuhamedovlar vakili uchun qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan xolat.

Voris to‘g‘risida jamoatchilikka eʼlon qilinishining vaqti kuzda bo‘lishi mumkin. 22 sentyabrda Serdar prezidentlikka saylanishi mumkin bo‘lgan 40 yoshga to‘ladi. 27 sentyabr kuni Turkmaniston mamlakat mustaqilligining 30 yilligini ommaviy tantanalar bilan nishonlaydi. Shuningdek, kuzda Xalq Maslahati yig‘ilishlari vakillik organi sifatida o‘tkaziladi. Ushbu tadbirlarning har biri vorisni eʼlon qilish uchun ajoyib bahona bo‘lishi mumkin.

Yana bir maʼlumot, 16-aprel kuni Serdar Berdimuhamedov otasining o‘rniga Axalteke uyushmasining rahbari etib tayinlandi. “Turkmaniston ustasi seiis-ustozi” unvoniga ega bo‘lgan Gurbanguli Bedimuhamedov aytganidek, “yoshlarni ishga jalb qilish vaqti keldi”.