Qirg‘izistonda “Issiqko‘l ildizi” bilan zaharlanish holati qayd etildi

OAV xabarlariga ko‘ra, 63 yoshli erkak zaharli o‘simlikning damlamasini ichgan. Hozir u kasalxonaga yotqizilgan.

Avvalroq mamlakat prezidenti va sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan COVID-19 ga qarshi  “Issiqko‘l ildizi bilan davolash” taklif qilingandi. Ularning fikriga ko‘ra, damlama “2-3 kun ichida COVID-19 dan xalos bo‘lishga yordam berishi kerak bo‘lgan.

Keyinchalik, parlament Sog‘liqni saqlash vaziriga ishonchsizlik bildirganligini eʼlon qilgan. Prezident Japarovning “davolanishning moʻjizaviy usuli” haqidagi Facebookdagi xabarlari esa tarmoq  maʼmuriyati tomonidan olib tashlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, pandemiya vaqtida tekshirilmagan usullar bilan davolanish sog‘liq uchun xavfli hisoblanadi.