Qirg‘iziston parlament saylovlarida 16 ta partiya ishtirok etadi, ammo…

Qirg‘izistonda hokimiyat parlament saylovlari masalasini hal qildi. Eski pasportlar tufayli deyarli yarim million fuqaro ularga ovoz bera olmaydigan bo‘ldi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatining maʼlumotlariga ko‘ra 437 384 fuqaro biometrik ro‘yxatdan o‘tmagan ular hamon eski ID-pasportlardan foydalanayotgani aytilmoqda. Qonunga ko‘ra, ular ovoz bera olmaydi.

Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, 3,5 millionga yaqin kishi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Parlament saylovlari esa 4 oktyabrga belgilangan. Ularga 16 ta partiya qabul qilindi. Ammo xalq ovoz berishida to‘siqlar bo‘lishi mumkin.